04:57 18 Yanvar 2018
Efir
Uzbekskiy pasport

Oʻzbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun pasport oʻrniga ID-karta joriy etilishi mumkin

© Galina Sapayeva / «Gazeta.uz»
Jamiyat
Havola olish
55720

Loyihaga koʻra, pasport tizimi boʻyicha yangi tartib 2018 yil 1 iyuldan kuchga kirishi belgilangan

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Fuqarolarning xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston prezidenti farmonining loyihasi koʻrib chiqilmoqda, deb yozadi uz24.uz. Bu 9 yanvardan jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Loyihaga koʻra, pasport tizimi boʻyicha yangi tartib 2018 yil 1 iyuldan kuchga kirishi belgilangan.

Hujjatda milliy biometrik pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida eʼtirof etish va Oʻzbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun fuqarolik pasporti oʻrniga shaxsni tasdiqlovchi ID — identifikatsiya kartasini joriy etish nazarda tutiladi.

Asosiy mavzular