06:47 19 Yanvar 2018
Efir
Vid na gorod Tashkent. Uzbekistan

2018 yil 1 aprelgacha Toshkentda propiskasiz ishga qabul qilinishi mumkin

© Flickr/ stefan_fotos
Jamiyat
Havola olish
314660

Dasturga asosan, fuqarolarni doimiy va vaqtincha roʻyxatga qoʻyish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlari taʼminlanishi kutilyapti

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Fuqarolarni doimiy va vaqtincha roʻyxatga qoʻyish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning respublika hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlari taʼminlanishi kutilyapti, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili" Davlat dasturi loyihasi 15 yanvarga qadar umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu dasturga asosan, fuqarolarni doimiy va vaqtincha roʻyxatga qoʻyish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlari taʼminlanishi kutilyapti.

Xususan, loyihada vaqtincha yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etish bilan bogʻliq amaliyotga barham beriladi.

Mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining maʼmuriy javobgarligi bekor qilinadi. Shuningdek, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yoʻl qoʻyganlik uchun maʼmuriy jazo choralarini yengillashtirish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, mavsumiy ishlarga jalb qilinganlarni vaqtinchalik roʻyxatga olish tizimi soddalashtiriladi, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish shartnomalarini tuzish talabi bekor qilinadi.

Pasport olish, taʼlim olish, mehnat qilish va boshqa konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bogʻliq cheklovlar bartaraf qilinadi.

Ushbu hujjatga masʼul idoralar — Adliya, Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari hamda Bosh prokuratura belgilandi.

Ushbu xabarga Facebookdagi "Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom" guruhida ayrim mushtariylar quyidagi izohlar yozishgan:

"Har bir Oʻzbekiston fuqarosi Oʻzbekiston hududida yashash va mehnat kilish huquqiga ega-deb yozilgan Konstitutsiyada, nimaga oʻshanda Toshkent shahridan tashqari deb yozilmagan", — deb yozgan Hazrat Rashidov.

Muxammadrizo Rivojiddinov esa "Yengillashtirilsa yaxshida baribir", degan fikrni qoldirgan.

"Agar shu muammo hal etilsa, zoʻr ish boʻlardi, axir Toshkent boshqa davlatmasku, ochib qoʻyilsa, chunki keyin odamlarda qiziqishi qolmaydi, hamma viloyatliklar ham Toshkentga kelishni xohlamaydi, kelganlari baribir yuribdiku ishlab propiskasiz ham", — degan Kaxramon Azizov.

Toʻlqin Yuldashev esa propiska borligi davlatni iqtisodi oqsashidan dalolat, deya fikr bildirgan.

"Hamma Toshkentga kelib olishi — urbanizatsiyani koʻpayishi bu yomon, barcha viloyatlarda yashash hayot tarzini yuqori qilib, ish joylar tashkil etib, munosib oylik maoshlarni oshirish kerak, ammo yana bu ishlar iqtisodga borib taqaladi, iqtisod esa oqsoqlamoqda", — degan u.

Asosiy mavzular