04:58 19 Yanvar 2018
Efir
Vstrecha prezidenta Tadjikistana Emomali Raxmona s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovыm

Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

© Press slujba prezidenta RT
Jamiyat
Havola olish
42911

Uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bogʻliq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun taʼriflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bogʻlab turuvchi mavjud yoʻllarni reabilitatsiya qilish, davlat chegaralari bilan bogʻliq koʻplab masalalar boʻyicha kelishib olindi

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbega rasmiy tashrif bilan borgan Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati maʼlum qildi.

"Suhbatdoshlar Tojikiston poytaxtida boʻlib oʻtayotgan tojik-oʻzbek hukumatlararo komissiyalarining yigʻilishlari mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bogʻliq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun taʼriflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bogʻlab turuvchi mavjud yoʻllarni reabilitatsiya qilish, davlat chegaralari bilan bogʻliq koʻplab masalalar boʻyicha kelishib olindi.

Shuningdek, suv va energetika masalasi, terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatlarning turli koʻrinishlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari ham muhokama qilindi.

Asosiy mavzular