Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev posetil Akademiyu Voorujennix Sil
Shavkat Mirziyoyev posetil Akademiyu Voorujennix Sil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentning 2017-yil 25-apreldagi qarori bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi qayta tashkil qilindi

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Pokazatelnie vistupleniya v ramkax aksii Natsionalnaya armiya — shkola mujestva, stoykosti i podviga molodeji! - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi armiyaga chaqiriladigan yoshlar sog‘lig‘iga bo‘lgan talablarni e’lon qildi

Ma’lumki, prezident 2017-yil yanvar oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida bo‘lib, mazkur bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.

Prezidentning 2017-yil 25-apreldagi qarori bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi qayta tashkil qilindi.

Butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan Akademiyada ta’lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. O‘quv auditoriyalari zamonaviy trenajorlar, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan.

Mirziyoyev posetil voinskuyu chast v Chirchike - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi

Prezident Akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv xonalari, oshxona, kursantlar yotoqxonalarida bo‘lib, ularning ta’lim olishi, harbiy amaliyotlarni bajarishini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari kursantlar bilan suhbatlashdi. Ularni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26-yilligi bilan tabrikladi.

Yangiliklar lentasi
0