04:43 18 Yanvar 2018
Efir
Pervыy prezident respubliki Uzbekistan Islam Karimov

Islom Karimovning 27 yoshida aka-ukalari bilan tushgan surati eʼlon qilindi

AFP / BRENDAN SMIALOWSKI
Jamiyat
Havola olish
1481101

Karimovlar oilasida barcha oʻgʻil farzandlar oliy maʼlumot olgan, ulardan uch nafari maktabni oltin medalga bitirgan, uch nafari fan nomzodi boʻlgan

TOSHKENT, 11 yanv – Sputnik. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi Facebookdagi sahifasida Birinchi Prezidentning aka-ukalari bilan tushgan suratini joyladi.

"Suratda 27 yoshli Islom Karimov (chapdan uchinchi) aka-ukalari Quddus, Ibodullo va Xurshid bilan. Samarqand, 1965 yil", — deya izoh berilgan suratga.

Foydalanuvchilar ushbu suratga izoh qoldirishar ekan, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishgan.

Ayrim foydalanuvchilar esa Birinchi Prezidentning aka-ukalari bilan uchrashishganini ham bildirishgan.

"Menga Samarqandda Islom Abdugʻaniyevichning akalari – Ibod Gʻaniyevich va Quddus Gʻaniyevichlar qoʻlida tahsil olish baxti nasib etgan. Ular Samarqand kooperativ institutida ishlashgan. Har ikkalasi ham madaniyatli, ziyoli, oʻz fanlarini chuqur bilishardi. Yoqimli xotiralar. Alloh rahmatiga olsin", deb yozadi Sayyora Sharipova ismli foydalanuvchi.

Eslatib oʻtamiz, Islom Karimov fondi Oʻzbekiston Birinchi Prezidentining oilasiga daxldor yangi fotosurat va maʼlumotlarni eʼlon qilgan edi. Ularga koʻra, oilada sakkiz farzand oʻsib ulgʻaygan: bir qiz — Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid.

Qayd etilishicha, Karimovlar oilasida barcha oʻgʻil farzandlar oliy maʼlumot olgan, ulardan uch nafari maktabni oltin medalga bitirgan, uch nafari fan nomzodi boʻlgan – Ibod Gʻaniyevich, Quddus Gʻaniyevich va Islom Abdugʻaniyevich.

Bu oʻsha davr uchun ham, bugungi kun uchun ham kamyob hodisadir. Keyinroq Islom Karimov akademik darajasini olgan.

Asosiy mavzular