06:45 19 Yanvar 2018
Efir
Gazovыy elektronnыy schetchik

Oʻzbekistonda 1 apreldan gaz va elektr narxi oshadi

© Novosti Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
127903

Aholi uchun tabiiy gazdan foydalanganlik uchun toʻlov narxi 10%ga, elektr energiyasi uchun 12 %ga oshadi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 apreldan tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun toʻlov narxi oshadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bu haqda iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Mubin Mirzayev Xalqaro press-klub yigʻilishida aytdi.

"1 apreldan aholi uchun tabiiy gazdan foydalanganlik uchun toʻlov narxi 10%ga, elektr energiyasi uchun 12 %ga oshadi. Ushbu parametrlar inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda davlat byudjetiga kiritilgan", — dedi u.

Uning aytishicha, byudjetda shuningdek, nafaqa, ijtimoiy toʻlov va ish haqi mamlakatdagi narxlar oshishiga mos holda oʻsib boradi.

"Biz har olti oyda ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini koʻrib chiqamiz va ularni inflyatsiya darajasiga muvofiq tarzda oshiramiz. Narxlar qanchalik koʻtarilsa, aholining maoshi ham shunchalik oshadi. Bularning bari yangi byudjetda koʻzda tutilgan", — dedi vazir oʻrinbosari.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida davlat byudjeti loyihasini keskin tanqid qilgan va uni imzolamasligini aytgandi. Davlat rahbari hujjat xalq manfaatlarini ifodalashi lozimligini, uni har tomonlama va chuqur oʻrganib chiqqanidan keyingina imzolashini bildirgandi.

Asosiy mavzular