04:43 18 Yanvar 2018
Efir
Pol Dey - britanskiy skulptor, avtor monumenta Islamu Karimovu v Moskve

Britaniyalik haykaltarosh Pol Dey: Islom Karimov haykali aksar yodgorliklardan farq qiladi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
63761

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab Moskvada oʻrnatiladigan yodgorlik muallifi, dunyoga mashhur britaniyalik haykaltarosh Pol Dey boʻlajak yodgorlik haqida gapirib berdi

TOSHKENT, 11 yanv – Sputnik. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi britaniyalik haykaltarosh,  Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab Moskvada oʻrnatiladigan yodgorlik muallifi bilan intervyuni taqdim etdi.

“Ushbu davlatning asoschisiga xotira yodgorligini yaratish zimmamga katta masʼuliyat yuklashini taʼkidlashni istardim. Masʼuliyat hissi ushbu yodgorlikni yaratishda muhim hal qiluvchi omil sanaladi. Birinchi Prezidentning shaxsiyati turli qirralarga ega. U avvalo inson, padari buzrukvor, umr yoʻldosh, ayni chogʻda zamonaviy Oʻzbekistonning otasi, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan atoqli davlat arbobi. Men shu paytga qadar bunday ulkan koʻlamdagi siyosiy arbobning haykalini yasamaganman”,  deydi u.

Uning aytishicha, Islom Karimov timsoli Samarqanddagi Registon maydoni manzarasida gavdalanadi. Haykal shohsupaga oʻrnatilmaydi, balki atrof-borliq bilan uygʻunlik kasb etadi.

Pol Dey ushbu haykalni yaratishga kirishishdan oldin Prezidentning hayot yoʻlini anglash, mamlakat, Birinchi Prezident va uning vatani bilan maʼnaviy-ruhiy aloqaga kirishish uchun Samarqandga kelib, bir muddat bu yerda boʻlganini aytdi.

U yaratgan asarlar xalqaro miqyosda keng shuhrat qozongan boʻlib, xususan, quyidagi mashhur haykaltaroshlik kompozitsiyalari alohida eʼtirof etiladi: qirol Georg VI ning rafiqasi Yelizaveta xotirasiga atab oʻrnatilgan Ona Qirolicha haykali, Iroq va Afgʻonistondagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan britaniyalik harbiy xizmatchilarga ehtirom ramzi sifatida yaratilgan “Iroq va Afgʻoniston” xotira yodgorligi, “Britaniya uchun jang” haykali, Londonning Sent Pankras stantsiyasida bunyod etilgan “Uchrashuv joyi” bronza haykali.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning may oyida Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onasi Tatyana Karimova bilan birgalikda Moskvaga tashrif buyurgani hamda haykaltarosh Pol Dey bilan Islom Karimov xiyoboni loyihasini muhokama qilishgani haqida maʼlum qilgandi.
Haykaltarosh Pol Deyning intervyusi

Asosiy mavzular