06:47 19 Yanvar 2018
Efir
Plotina GES na reke

Tojikiston va Oʻzbekiston Farhod GESi borasida kelishuvga erishdi

© Sputnik/ Igor Ageyenko
Jamiyat
Havola olish
194407

Obʼyektni Tojikiston tomoni qoʻriqlaydi, unga texnik xizmat koʻrsatish bilan esa Oʻzbekiston shugʻullanadi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyaning Dushanbega tashrifi natijalariga koʻra tomonlar davlat chegarasining eng bahsli qismi – Farhod GESi toʻgʻoni boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

Dushanbe va Toshkent Farhod GESi joylashgan hudud Tojikiston hududi deb tan olinishi, obʼyekt esa Oʻzbekiston mulki hisoblanishiga kelishishdi.

Obʼyektni Tojikiston tomoni qoʻriqlaydi, unga texnik xizmat koʻrsatish bilan esa Oʻzbekiston shugʻullanadi.

Farhod GESi Sirdaryo viloyatida Tojikistonning Xoʻjand shahri yaqinida joylashgan gidroelektrostantsiya boʻlib, u elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga qator sugʻorish kanallarini suv bilan taʼminlaydi.

Asosiy mavzular