06:40 19 Yanvar 2018
Efir
Toshkent-siti

Oʻzbekistonda Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi tuzila boshlandi

© mytashkent.uz
Jamiyat
Havola olish
54810

Yangi tuzilmaga dunyoning turli mamlakatlarida turli sohalarda ishlash tajribasiga ega boʻlgan oʻzbekistonlik mutaxassislar kiritiladi va ular Oʻzbekistonning 2035 yilga qadar boʻlgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishadi.

TOSHKENT, 12 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonda Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi tuzila boshlandi, deb xabar qilmoqda UzA.

Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi tarkibiga kelib chiqishi Oʻzbekistondan boʻlgan, lekin ayni damda dunyoning turli mamlakatlarida xalqaro kompaniyalar tarkibida sud-huquq, moliya, taʼlim, maorif va tibbiyot sohalaridan faoliyat yuritayotgan, yetakchi muttaxassilar taklif qilinadi.

Buyuk Kelajak ekspertlar kengashining asosiy maqsadi — 2035 yilgacha boʻlgan Oʻzbekiston rivojlanish modelini tuzish. Ushbu model xalqaro tajriba, Oʻzbekiston bozorlarining tahlili va asosiysi oʻzbekistonlik mutaxasisslarning shaxsiy tajribasi asosida yaratiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston oʻtgan yili 2017-2021 yillarda rivojlanish strategiyasini qabul qilgan edi. Ular davlat va jamiyatning besh asosiy yoʻnalish boʻyicha rivojlanishini nazarda tutadi: tashqi siyosat, davlat boshqaruvini va sud-huquq tizimini zamonaviylashtirish, iqtisodni erkinlashtirish va ijtimoiy sohani isloh qilish.

Oʻzbekistonning 2035 yilga qadar rivojlanish strategiyasi, hukumat tomonidan tasdiqlangan yoʻnalishlar va tamoyillar boʻyicha amalga oshiriladi. Mutsqillik yillarida erishilgan yutuqlar bugungi kun yangiliklari bilan muvofiqlashgan holda Oʻzbekistonning oʻziga xos rivojlanish yoʻli yaratiladi.

Asosiy mavzular