06:36 19 Yanvar 2018
Efir
Sayt informatsionnogo agentstva Jaxon

“Jahon” axborot agentligi oʻrnida yangi boʻlim tuziladi

© sputnik
Jamiyat
Havola olish
286 0 0

“Jahon” axborot agentligi asosida zamonaviy media-markaz hamda jamoatchilik va OAVlar bilan aloqa qiluvchi yangi boʻlim tashkil etiladi.

TOSHKENT, 13 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga bagʻishlangan majlisda vazirlik huzuridagi “Jahon” axborot agentligi faoliyatini tubdan yangilanishi haqida gapirdi.

Xususan prezident, “Jahon” axborot agentligi bugungi kunda oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarning uddasidan chiqa olmayotganini va shu munosabat bilan, axborot-agentligi asosida yangi media-markaz tashkil qilishni taklif qildi.

Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi huzurida jamoatchilik va OAV bilan aloqa qilish boʻyicha yangi boʻlim tashkil qilish haqida gapirdi. Prezident aytishiga qaraganda yangi boʻlim boshligʻi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili – mamlakat tashqi siyosatining jarchisi boʻlishi kerak.

Ushbu ishlarni tashkil qilish Bosh vazir oʻrinbosari Suxrob Xolmuradovga topshirildi.

Asosiy mavzular