06:42 19 Yanvar 2018
Efir
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston elchixonalarining 3ta eng asosiy vazifasini aytdi

© Sputnik/ Aleksey Drujinin
Jamiyat
Havola olish
76410

Eksport, investitsiya va turizm xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning uchta eng asosiy vazifasi deb belgilandi.

TOSHKENT, 13 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga bagʻishlangan majlisda Oʻzbekistonning chet eldagi vakolatxonalari zimmasiga yuklatilgan 3ta eng asosiy vazifalarni sanab oʻtdi.

“Birinchidan, eksport, eksport va yana bir marta eksport!”,- dedi prezident.

“Elchixonalar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda har tomonlama yordam berishi kerak. Bugungi kunda barcha rivojlangan mamlakatlar aynan shu yoʻldan bormoqda. Ular oʻz mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarda targʻib qilish bilan shugʻullanmoqda. Buni hamma yaxshi biladi.

Ikkinchidan, chet el investitsiyalarini, zamonaviy texnologiyalar va bilimlarni jalb qilib, bizning sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish va rivojlantirish.

Mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalar bizning kelajak uchun muhim rol uynaydi. Ularning hisobidan yangi korxonalar, iqtisodning yangi yoʻnalishlari va yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Shuningdek mamlakatning raqobatbardoshligi va aholi boyligi oshadi.

Bunga ortiqcha izohning keragi yoʻq deb oʻylayman.  

Uchinchidan, bizning elchixonalar Oʻzbekitonga sayyohlar oqimini oshirish uchun samarali faoliyat olib borishlari kerak. Men bu haqida oldin ham bir necha bor gapirganman.

Oʻz navbatida Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) Oʻzbekistonda kerakli sayyohlik infratuzilmasini yaratishni boshladi.

Shuni alohida taʼkidlamoqchiman: Bizning elchilar Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi A.Abduxakimovыm va Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov bilan birgalikda doimiy va tizimli ravishda Oʻzbekistonga chet ellik sayyohlarni jalb qilish bilan band boʻlishlari kerak.”

Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev, elchixonalar xorijiy mamlakatlardagi keng jamoatchilikni Oʻzbekiston ochiq, konstruktiv va oʻzaro manfaatli munosabatlarga doimo tayyor ekanligini doimiy ravishda maʼlum qilib turishi kerak ekanligini eslatib oʻtdi.

Asosiy mavzular