06:39 19 Yanvar 2018
Efir
Aeroportda

Toshkent aeroportida tekshiruvlar vaqti 1,5 soatga qisqardi

© Sputnik/ Ilya Pitalev
Jamiyat
Havola olish
49210

Oldin aeroportdan chiqish vaqti oʻrtacha 2 soatni tashkil qiladigan boʻlsa, koreyalik mutaxassilar fikriga koʻra, hozirgi vaqtda ushbu koʻrsatgich oʻrtacha 30 minutni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Toshkent aeroportida tekshiruvlardan oʻtish vaqti oʻrtacha 1,5 soatga qisqardi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu maʼlumot koreyalik mutaxassislar tomonidan eʼlon qilindi. Eslatib oʻtamiz, “Inchxon” aeroporti mutaxassislari bir necha oy davomida Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportiga konsalting xizmatlari koʻrsatib kelayotgan edi.

Oʻtgan yilning noyabr oyi oxirida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” va Inchxon” xalqaro aeroporti imzolagan memorandumga koʻra, koreyalik mutaxassislar poytaxt aeroportining “Toshkent-2” xalqaro terminali faoliyatini yaxshilashga yordam berib kelishayotgan edi.

Memorandumga koʻra, aeroport xizmatlari samaradorligini oshirish maqsadida oʻzbekistonlik mutaxassislarini koreyada oʻqitish ham koʻzda tutilgan.

Loyihaning birinchi bosqichida sakkiz nafar koreyalik maslahatchilar ishtirok etishdi. Ular terminal ishlash faoliyati borasiz oʻz fikr-mulohazalari va tavsiyalarini bildirishdi.

“Bu mening Oʻzbekistonga boʻlgan ikkinchi tashrifim. Birinchi marta oʻtgan yilning oktyabr oyida kelgan edim. Ikkinchi kelishimda men payqagan eng katta oʻzgarish – bu Toshkent havo bandargohida xizmat koʻrsatish tezligidir. Oldingi safar aeroportdan chiqish tezligi oʻrtacha 2 soatni tashkil qilgan boʻlsa, hozir – birinchi yoʻlovchi aeroportni 21 daqiqada, oxirgisi esa – 33 dafqiqada tark etmoqda”, — dedi koreyalik maslahatchilardan biri Park Chan Kyu.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻzbekiston tomoni qisqa vaqt ichida ulkan ishlarni amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan. Mutaxassislar ishi yaqqol koʻzga tashlanmoqda. “qizil” va “yashil” yoʻlaklar ochilishi yshlovchilar oʻtish tezligini va barcha rasmiy jarayonlarni sezilarli darajada tezlashtirgan.

Seul aeroporti vakillari aeroport hududidan foydalanish samaradorligini oshirish, kuzatuvchi va kutib oluvchilar uchun servis xizmatlari darajasini oshirish borasida ham takliflar kiritishdi.

Asosiy mavzular