06:43 19 Yanvar 2018
Efir
Obucheniye

“Oʻzbekcha orzu” – kam taʼminlangan va tarbiyasi qiyin yoshlar uchun imkoniyat

© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
55020

“Oʻzbekcha orzu” – yangi davlat dasturi boʻlib, u kam taʼminlangan va tarbiyasi qiyin yoshlarga ingliz tili, kompyuterda ishlashni oʻrganish imkoni yaratdi va shu bilan jamiyatda mavjud boʻlgan salbiy stereotiplarni yoʻq qiladi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda yangi “ijtimoiy lift” ishga tushirildi – uning yordamida kam taʼminlangan va tarbiyasi qiyin yoshlar zamon talabiga javob beradigan ilmlarni oʻrganishi va oʻz orzularini roʻyobgi chiqarishlari mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi dastur doirasida kompyuter savodxonligi va ingliz tilidan maxsus oʻquv kurslari tashkil qilinadi. Shunday oʻquv kurslaridan birinchisi Toshkentning Sirgʻali tumani hududida ish boshlaydi. Oʻquv kurslarini bitirgan yoshlarni amaliy mashgʻulotlar va ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan

Ushbu dastur tashkilotchilari Axborot texnologiyalari vazirligi va Oʻzbekistonning faol yoshlaridir. Tashkilotchilar ushbu dasturga “Amerikacha orzu” misolida “Oʻzbekcha orzu” deb shartli nom berishgan.

“Jamiyatda shunday fikr bor: Oʻzbekistonda faqat tanish bilish orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin. Bu yosh avlodni tarbiyalashda juda salbiy taʼsir koʻrsatadi va ularning hayotdagi  qadriyatlarining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun biz ushbu “Oʻzbekcha orzu” — maxsus kadrlar tayyorlash tizimini ishlab chiqdik”, — dedi dasturning 22 yoshli koordinatori Timur Allayarov.

“Oʻzbekcha orzu”ning asosiy printsipi – har qanday fuqaro oʻzining moddiy holatidan qatʼiy nazar, jamiyat qoʻllab-quvvatlashi va tinimsiz mehnat yordamida muvaffaqiyatga erishishi mumkinligini isbotlashdir.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev po vremya osmotra Sardobskogo vodoxraniliщa
Press-slujba prezidenta RUz

Allayarov aytishiga qaraganda, ushbu oʻquv krslariga tashrif buyurgan kishilar, bilan oʻzlarining yaqinlari bilan olingan maʼlumot bilan boʻlishishadi va ushbu qadriyatlarni jamiyatda tarqatishga xizmat qilishadi.

“Rahbariyat bizning tashabbusni qoʻllab-quvvatlayotganidan biz juda xursandmiz. Ular bizga juda qisqa vaqt ichida ofis va kerakli anjomlarni tayyorlab berishdi. Agar biz jahonda yetakchi boʻlmoqchi ekanmiz, oʻz tajribamiz va bilimlarimiz bilan baham koʻrishib, jamiyatni hozirdan rivojlantirishimiz kerak”, — dedi Allayarov.

Asosiy mavzular