Viloyatlarda Vatan himoyachilari kuni qanday o‘tdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaPrazdnovanie dnya zashitnikov Rodini v Tashkente
Prazdnovanie dnya zashitnikov Rodini v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekistonning barcha viloyatlarida Vatan himoyachisi kuniga bag‘ishlangan tantanali harbiy namoyishlar, munosib askar va zobitlarni rag‘batlantirish tadbirlari hamda harbiy xizmatchilarga yangi uy va mashinalar kalitlari topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Bugun O‘zbekistonning barcha viloyatlarida Vatan himoyachisi kuni katta tantanalar bilan kutib olindi, “O‘zbekiston 24” telekanali xabariga asosan.

Namangan viloyatida tantanali harbiy namoyish (parad) bo‘lib o‘tdi. Yuzlab harbiy xizmatchilar, va harbiy texnika shahar ko‘chalari bo‘ylab saf tortib o‘tdi. Xotira maydonidagi motamsaro ona haykali poyiga go‘l qo‘yildi. Undan so‘ng tadbir viloyat teatrida davom etdi. Teatrda bo‘lib o‘tgan marosimda boshqalarga o‘rnak bo‘lgan xizmatchilar davlat orden va medallari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimidan so‘ng bayram konsert dasturi namoyish etildi.

Jizzax viloyatida ham bayram munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Marosim boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng harbiy xizmatchilar va qurbon bo‘lgan xizmatchilarning oilalariga yangi qurilgan uylardan 36ta kvartira topshirildi.

Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida viloyat hokimi G‘ulomjon Ibragimov harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabriklab faxriy yorlik, va medallarni topshirdi.

Andijonda bayram tadbiri erta tongdan harbiy parad bilan boshlandi. Undan so‘ng desantchilar o‘z mahoratlarini namoyish qilishda. Havo bulutli bo‘lishiga qaramasdan harbiylar namoyishishi tomoshi qilishga ko‘plab fuqarolar chiqishdi va bayram xalq sayli ruhida bo‘lib o‘tdi. Namunali askar va zobitlarga yangi avtomobillar kalitlari topshirildi.

Sirdaryoda viloyat rahbariyati hamda oqsoqolllar ishtirokida harbiy xizmatchilarga yangi uylar kalitlari topshirildi.

Surxondaryoda ham bu yil Vatan himoyachisi kuni butunlay boshqacha kutib olindi. Erta tongdan viloyat markazi bo‘lgan Termiz shahrida tantanali harbiy namoyish bo‘lib o‘tdi. Undan harbiy qo‘shnlar va MXX Chegara qo‘shnlari va harbiy texnika saf tortib o‘tdi. Ular orasida otliq askarlar va kinologlar ham bor edi. Shundan so‘ng harbiylar viloyat Yoshlar markaziga taklif qilindi. U yerda ular viloyat hokimi tomonidan  orden va medallar bilan taqdirlandi. Xizmat vazifasini o‘tash vaqti qurbon bo‘lgan askarlar ham unutilmadi, ularning mukofotlari ota-onalari yoki tumush o‘rtoqlariga topshirildi. Shundan so‘ng viloyatdagi barcha tumanlar mudofaa ishlari boshqarmalariga xizmat avtombillari topshirildi.

Bugun Surxondaryoda Vatan himoyasichi kuniga baqishlangan yana bir qiziq tadbir bo‘lib o‘tdi. Viloyatning Denov tumanida salkam 9 tonnalik palov tayyorlandi va  yaqin atrofdagi harbiy qismlar va mehribonlik uylariga tarqatildi.

Nukusda Vatan himoyachisi kuni katta tantana bilan nishonlandi. U yerad ertalabdan harbiy parad tashkil qilindi. Harbiy texnika va qo‘shnlar shaharning markaziy ko‘chalaridan saf tortib o‘tishdi.

Yangiliklar lentasi
0