02:54 23 Yanvar 2018
Efir
Prezident RF V. Putin provel zasedaniye Sovbeza RF

Vladimir Putin Rossiyada mustaqil doping komissiyasi tuzishni taklif qildi

© Sputnik/ Aleksey Nikolskiy
Sport
Havola olish
18010

Putin Rossiya Olimpiya qoʻmitasiga, benuqson obroʻli sportchilar boshchiligida, mustaqil jamoat komissiyasi tuzishni taklif qildi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Olimpiya qoʻmitasiga doping tekshiruvlari oʻtkazish uchun mustaqil komissiyatuzishni taklif qildi.

“Rossiya Olimpiya qoʻmistasiga mustaqil, takroran aytmoqdaman mustaqil, jamoat komissiyasi tuzishni taklif qilmoqchiman. Ushbu komissiyaga Rossiyalik mutaxassislardan tashqari chet ellik mutaxassislar, tibbiyot sohasi ekspertlari, qonunshunoslar obroʻli jamoat va sport vakillari kirishi mumkin”, — dedi Vladimir Putin, hukumat vakillari bilan boʻlgan majlisda.

Albatta, komissiyaning asosiy vazifasi milliy dopingga qarshi kurash rejasini tez orada ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish  boʻladi, — dedi prezident.

Vladimir Putin, sportda doping boʻlmasligi kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining tartib-intizom komissiyasi va  Xalqaro Doping agentligi bilan yaqin hamkorlikda ishlashni  taklif qildi. 

Prezident soʻzlariga qaraganda, ushbu komissiyaga “olimpiya oilasining hurmati va ishonchiga sazovor boʻlgan, benuqson obroʻga ega boʻlgan kishi” boshchilik qilishi kerak.    

“Bunday odam bizning mamlakatda bor – u Smirnov Vitaliy Georgiyevich”, — deb qoʻshimcha qildi Putin.

Vitaliy Smirnov oʻtgan yili  80 yoshga toʻlgan edi. U 1971 yilda Joao Avelanj ketganidan keyin Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzosi etib saylangan,  2011 yilda esa tashkilotning eng keksa aʼzosi boʻlgan edi.

Smirnov bir necha bor XOQ vitse-prezidenti, ijroiya qoʻmitasi raisi vazifalarida ishlab kelgan. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab u XOQning faxriy aʼzosiga aylangan edi. Smirnov Rossiya Olimpiya qoʻmitasi faxriy  aʼzosi hamda Jismoniy Tarbiya va sport rivojlantirish qoʻmitasi aʼzosi.

Eslatib oʻtamiz, Shvetsariyada joylashgan Sport Arbitraj sudi Rossiya Olimpiya qoʻmitasining daʼvosiga rad javobi berib, Rossiya Yengil atletika federatsiyasini diskvalifikatsiya qilgan edi. Buning oqibatida 68 rossiyalik sportchi xalqaro Olimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqidan mahrum qilingan edi.

Asosiy mavzular