02:58 23 Yanvar 2018
Efir
Oʻzbekistonlik shaxmatchi - Voxidov Shamsiddin. Arxiv surat

Oʻzbekistonlik shaxmatchilar oʻtgan yil 67 medal sohibi boʻlishdi

© FIDE World Youth & Cadets Chess Championships
Sport
Havola olish
4423

Oʻtgan yilda oʻzbekistonlik shaxmatchilar 40dan ortiq nufuzli musobaqalarda ishtirok etib 40 ta oltin, 15ta kumush va 12 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Ushbu maʼlumotlar Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasining Toshkentda boʻlib oʻtgan, yil yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumanida eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston qizlar jamoasining Osiyo Kubogida ishtiroki etib Hindiston, Xitoy va Eron kabi kuchli jamoalar orasida kumush medallarga sazovor boʻlgani – Federatsiyaning katta yutuqlaridan biri boʻldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi ham xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Mongoliyada boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston jamoasi 10 medal sohibi boʻlib umumjamoa hisobida 3 oʻrinni egalladi.Erondagi Osiyo chempionatida esa Oʻzbekiston jamoasi 7 oltin, 2 kumush va 2 bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Sochida maktab oʻquvchilari orasida boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda Oʻzbekistonlik shaxmatchilar 36,5 ball toʻplab, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.

Respublika ichida oʻttizga yaqin turli musobaqa va chempionatlar boʻlib oʻtdi. Shuningdek, Oʻzbekistonda Georgiy Agzamov xotirasiga bagʻishlangan X — «Tashkent open» turniri, Jahon yulduzlari, Osiyo qizlar chempionati kabi xalqaro turnirlari ham boʻlib oʻtdi.

Asosiy mavzular