07:31 28 Mart 2017
Efir
Nasaf  arxiv surat

OCHL-2017: "Ajdarlar" keyingi bosqichda

© Ofitsialnыy sayt FK "Nasaf"
Sport
Havola olish
32573

"Nasaf" futbolchilari raqiblar darvozasiga javobsiz toʻrtta toʻp kiritishdi

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida OCHL-2017 oʻtish bosqichi doirasidagi "Nasaf" — "Al Hidd" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Qarshining "Nasaf" jamoasi Bahraynning "Al-Hidd" klubi bilan kuch sinashdi.

Shahboz Erkinov, Igor Golban, Doniyor Narzullayev va Dragan Cheranlarning urgan gollari evaziga "Nasaf" 4:0 hisobida gʻalaba qozondi va keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.

Pley-off bosqichida Roʻziqul Berdiyev shogirdlari safarda Saudiya Arabistonining "Al-Fotih" klubiga qarshi bahs yuritadi.

Uchrashuvdan bir kun oldin boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi Oʻzbekistonga faqat gʻalaba uchun kelishgani va "Nasaf"ni yutish ular uchun hech qanday sensatsiya boʻlmasligini bildirgandi.

Asosiy mavzular