21:46 27 Aprel 2017
Efir
Uzbek Tigers

"Oʻzbek yoʻlbarslari" Xitoyga yoʻl olishmoqda

Federatsiya boksa Ulyanovskoy oblasti
Sport
Havola olish
352116

Butunjahon boks seriyasi (WSB) doirasida oʻzbek bokschilari 4 fevral kuni Xitoyning Sanya shahrida China Dragons jamoasiga qarshi ringga chiqishadi

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston boks federatsiyasi Butunjahon boks seriyasi (WSB) VII mavsumining birinchi bahsida ishtirok etadigan Uzbek Tigers jamoasi tarkibini eʼlon qildi.

Oʻzbek bokschilari 4 fevral kuni Xitoyning Sanya shahrida China Dragons jamoasiga qarshi ringga chiqishadi.

Xitoyga Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Mironshoh Ibragimov (49 kggacha), Abdulhay Shorahmatov (56 kggacha), Yelnur Abduraimov (64 kggacha), Ulugʻbek Haqberdiyev (75 kggacha), Boburbek Yuldashev (91 kggacha) borishadi.

Murabbiylar shtabidan Toʻlqin Qilichev va Rahmatjon Roʻzioxunov joy olishdi. Jamoa shifokori Komiljon Rasulov. Ravshan Xodjayev hakamlar hayʼatiga kirdi.

WSB musobaqalarida 12ta jamoa uchta guruhga boʻlingan holda ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston jamoasi Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy bokschilari bilan bir guruhdan joy olgan.

Oʻtgan yilgi mavsumdan boshlab oʻzbekistonlik yetakchi charm qoʻl qop ustalari Butun jahon boks seriyasida ilk bor ishtirok etishdi. Ilk mavsumda bokschilar yarim finalga yetib borgan holda, musobaqaning boʻlajak chempionlari "Kuba Domadores"ga imkoniyatni boy berib qoʻydilar.

WSBning barcha ishtirokchilarida oʻz yurti sharafini himoya qilib, toʻrt yillikning nufuzli musobaqasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritish imkoniyati mavjud. Har bir jang gʻolibi professional boksdagi kabi uchta hakam tomonidan qoʻyilgan ochkolar boʻyicha aniqlanadi. Shuningdek, bunda nokaut, texnik nokaut yoki rad etish ham mumkin. Barcha janglar besh raunddan iborat boʻlib, har bir raund 3 daqiqa davom etadi.

Asosiy mavzular