04:46 24 Sentyabr 2017
Efir
Uzbekskaya gimnastka Samira Saliyeva

Batirshina: oʻzbek gimnastikachisining chiqishidan hayratdamiz

© Sputnik/ Grigoriy Sыsoyev
Sport
Havola olish
Lev Rыjkov
51940

Moskva viloyatining Odintsovo tumanida Yana Batirshina sovrini uchun oʻtkazilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha VI ochiq turnir yakuniga yetmoqda. Unda butun Rossiya, Oʻzbekiston va Ukrainadan sportchilar ishtirok etishmoqda

Sputnik, Lev Rijkov

Qirolicha va malikalar

Bu yil turnir Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining sport majmuasida boʻlib oʻtmoqda. Musobaqa oʻtayotgan majmuadan sal narida boʻlajak diplomat va siyosatchilarga koʻzingiz tushadi. Balki bu ham ramziy maʼnoga egadir, zero turnirga chet eldan ham sportchilar kelgan.

Sport majmuasi yosh sportchilar, ularning murabbiylari, ota-onalar, tomoshabinlar bilan toʻlib-toshgan. Bayramona muhit. Yakka chiqishlar boʻyicha gʻoliblar nomi eʼlon qilinishi kerak.

Musobaqaga kelgan qizlarning barchasi goʻzal. Ularning aksariyati boʻlajak chempionlar, tez orada yirik xalqaro musobaqalarda ularning nomlari yangraydi. Uch yuzdan ortiq sportchi qizlar zalda saf tortishdi. Ular ertaklardagi balga tashrif buyurgan sohibjamollarni eslatishadi.

Va umuman olganda, buni bal deb atasa ham boʻladi. Bal qirolichasi esa jahon va Yevropa chempionatlarining besh marta oltin medal sovrindori, "Vatan oldidagi xizmatlari uchun II darajali" orden kavaleri, afsonaviy sportchi va taniqli teleboshlovchi Yana Batirshina. Eng zoʻr sportchilarga sovrinlarni aynan u topshiradi.

Qizlar mukofotni qabul qilib olish uchun xuddi malikalardek qadam bosib kelishadi. Hayʼat faqatgina rossiyalik sportchilar chiqishlarini eʼtirof etgani yoʻq. Oʻzbekistonlik yosh sportchi qizlar ajoyib natija koʻrsatishdi. 2009 yilda tugʻilgan qizlar oʻrtasidagi yakka chiqishlar boʻyicha birinchi va ikkinchi oʻrinlarni aynan toshkentlik qizlar egallashdi. 2008 yilda tugʻilgan qizlar oʻrtasidagi musobaqada kumush medal ham oʻzbekistonlik sportchiga nasib etdi.

Mana, olqishlar yangradi. Bayram sohibasi Yana Batirshina gʻolibalarga kubok va sovgʻalarni topshirdi. Sputnik muxbiri Yana bilan suhbatlashdi.

Kindik qoni toʻkilgan yurt

- Yana, chet davlatlardan koʻp sportchi keldimi?

— Turnir rasman ochiq deb nomlanadi, lekin amalda xalqaro maqomga ega. Oʻzbekistondan tashqari Ukrainadan jamoa keldi. Dneprdan. Va bu juda yaxshi. Gap shundaki, siyosiy kelishmovchiliklar sababli ikki yil davomida ukrainalik sportchilar musobaqada qatnashishmadi. Ungacha esa ikki-uchtadan jamoasi ishtirok etardi.

VI Otkrыtыy turnir po xudojestvennoy gimnastike na prizы Yanы Batыrshinoy
© Sputnik/ Grigoriy Sыsoyev
Yana Batirshina sovrini uchun oʻtkazilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha VI ochiq turnir

- Belorus va qozogʻistonlik qizlar ham qatnashishi aytilgandi.

— Afsuski, oxirgi lahzalarda ular kasal boʻlib qolishdi. Har ikki jamoaning ham teng yarim aʼzolari kasal boʻlib qolgani uchun ular kela olishmadi. Turnirda jami boʻlib 54 jamoa, uch yuzdan ortiq gimnastikachi qizlar qatnashmoqda.

- Oʻzbekistonlik sportchilar muntazam ravishda yuqori natijalarni koʻrsatishmoqda. Oʻtgan yili ular oltin medallarni qoʻlga kiritishgandi.

— Ha! Oʻzbekiston jamoasi har doim qoyilmaqom ishtirok etadi. Oʻtgan yili Oʻzbekistondan uchta jamoa qatnashgandi. Bu yil esa bitta. Ehtimol, moliyaviy sabablarga koʻradir. Chunki sportchilar oʻz hisoblaridan tashrif buyurishadi. Ehtimol, turnir dam olish kunlari emas, ish kunlari boʻlib oʻtayotganligi ham sabab boʻlgandir.

Uzbekskaya gimnastka Samira Saliyeva na turnire na prizы Yanы Batыrshinoy
© Sputnik/ Grigoriy Sыsoyev
Samira Soliyeva Yana Batirshina sovrini uchun oʻtkazilayotgan badiiy gimnastika boʻyicha VI ochiq turnirda

Oʻzbekistonlik sportchi qizlar koʻpincha rossiyalik gimnastikachilardan ham koʻra yaxshiroq chiqish qiladilar. Masalan, bugun oʻzbek gimnastikachisi gʻolib boʻldi. Va albatta u bunga haqli tarzda erishdi! Toʻgʻrisini aytsam, kecha uning chiqishlaridan barchamiz hayratda qoldik. Chunki Samira Soliyeva tasavvur qilib boʻlmaydigan darajadagi mashqni ijro etdi. Oʻzbek maktabi shunisi bilan ajralib turadi.

Men oʻzim ham toshkentlikman. Alina Kabayeva ham. Tomirimda oʻzbek qoni oqmasa-da, oʻzbekistonliklar mening qondoshlarim. Toshkentlik qizlar yuqori natija koʻrsatishmoqda. Oʻzbekiston nomini sharaflash ularning burchi.

Asosiy mavzular