O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda

© Federatsiya Uzbekistana po futboluSbornaya Uzbekistana po futbolu vo vremya trenirovki
Sbornaya Uzbekistana po futbolu vo vremya trenirovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terma jamoa 23-mart kuni Malayziyada Suriya termasiga qarshi bahs olib borsa, 28-mart kuni Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi JCh-2018 saralash bosqichi 6-turi oldidan Toshkentda tashkil etilgan qisqa muddatli yig‘ini davom etmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

14 mart kuni Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlari uchun 23 futbolchidan iborat tarkibni e’lon qilgan edi. Tarkib quyidagicha ko‘rinishda:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov ("Paxtakor"), Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor").

Himoyachilar: Yegor Krimes ("Beyjing Guoan", Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov ("Chanchun Yatay", Xitoy), Davron Hoshimov ("Paxtakor"), Oleg Zoteyev ("Lokomotiv").

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov ("Bunyodkor"), Marat Bikmayev ("Lokomotiv"), Jaloliddin Masharipov ("Lokomotiv"), Eldor Shomurodov ("Bunyodkor"), Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy), Aziz Haydarov ("Ash-Shabab", BAA), Vadim Afonin ("Orenburg", Rossiya), Salamat Quttiboyev ("Lokomotiv"), Server Jeparov ("Sepahon", Eron), Jamshid Iskanderov ("Paxtakor"), Sardor Rashidov ("Al-Jaish", Qatar).

FIFA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston termasi FIFA reytingida yuqoriladi

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix ("Ordabasi", Qozog‘iston), Igor Sergeyev ("Paxtakor"), Temurxo‘ja Abduxoliqov ("As-Sayliya", Qatar).

"Al-Jaish"da to‘p surayotgan Sardor Rashidov terma jamoa ixtiyoriga kecha kelib qo‘shildi. Odil Ahmedov "Shanxay SIPG" bilan OChL-2017 turnirida ishtirok etayotgani bois Malayziyada terma jamoa ixtiyoriga qo‘shiladi.

Moskvaning "Lokomotiv" klubida to‘p surayotgan Vitaliy Denisov ham terma jamoa vakillari bilan Malayziyada ko‘rishadi.

"Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov yengil jarohat olgani tufayli individual tarzda mashg‘ulotlar olib bordi. Qolgan futbolchilar umumiy guruhda shug‘ullandi.

Terma jamoa 23-mart kuni Malayziyada Suriya termasiga qarshi bahs olib borsa, 28-mart kuni Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi "A" guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band qilib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0