10:56 26 Aprel 2017
Efir
Shoxjahon Ergashev

9 jang - 9 nokaut: Shohjahon Ergashev

© ok.ru
Sport
Havola olish
1164104

Oʻzbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Afrika chempioni Hamza Sempevoni 1 raunddayoq nokdaun qildi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. "Nokautchi bokser" nomini olgan Oʻzbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev toʻqqizinchi jangni ham muddatidan oldin yakunladi, deb xabar qilmoqda Olamsport nashri.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan jangda Shohjahon Xamza Sempevoni 1 raunddayoq magʻlubiyatga uchratdi. Aytib oʻtish kerak-ki, Xamza Sempevo Rossiya professional ringiga Afrika chempioni sifatida yetib kelgan.

Shu kunga qadar Shohjahon Ergashev professional ringda 8 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida raqiblarini muddatidan olding nokaut yoki nokdaunga uchratgan edi.

Ushbu jangdan biroz oldin, Shohjahon oʻzining "Odnoklasniki" ijtimoiy  tarmogʻidagi sahifasida quyidagi izohni qoldirgan edi.

"Assalomu alekum barcha Mani kollab kuvvatlab turgan vatandoshlar sizlardan judaxam xursandman oila azolarim dadam onam xoji otam xoji onam akam Jasurbek doim kollab Mani kuvvatlab turdilar keyingi boy 25 mart kuniga belgilandi xamyurtlar duo kililar Yevropa Kamarini vatanimizga olib ketaman xudo xolasa".

Shohjahon Ergashev va Hamza Sempevo
Shohjahon Ergashev va Hamza Sempevo

Asosiy mavzular