05:18 25 Noyabr 2017
Efir
Davron Kabulov

Davron Kabulov Oʻzbekistonni jahon chempionatiga olib chiqa olishini bildirdi

© instagram / davron_kabulov
Sport
Havola olish
24502413

"Murabbiylik tajribam yoʻqligini yuzimga solishmasa, "qoʻngʻiroqlar" bilan tarkib tanlashga aralashishmasa, Oʻzbekiston MTJni JChga olib chiqa olaman. Tekinga, pul kerakmas. 4 yil Vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman", - deb yozgan Kabulov

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. "Million" jamoasi boshlovchisi Davron Kabulov oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy boʻlishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda "Qalampir.uz" yozmoqda.

"Murabbiylik tajribam yoʻqligini yuzimga solishmasa, "qoʻngʻiroqlar" bilan tarkib tanlashga aralashishmasa, Oʻzbekiston MTJni JChga olib chiqa olaman. Tekinga, pul kerakmas. 4 yil Vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman.

Terma jamoamizni JChga olib chikaman:)

Publikatsiya ot Davron Kabulov (@davron_kabulov) Mar 26 2017 v 2:55 PDT

"Boshlovchiligingni qilsang-chi", degan gaplarga shoshilmang: termamizni shu vaqtgacha Sarkisyan, Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyashiy, Abramov, Qosimov, Babayan kabi "tan olinganlar" boshqardi, olib chiqolmadi JChga. Hech narsa yoʻqotmaysiz, eplolmasam, 6 marta chiqolmagan mundialga 7 marta chiqmagan boʻlasiz. Vaʼdamning ustidan chiqsam, TARIXDA BIRINCHI MARTA boʻladi. Jiddiy aytyapman. Agar natija oldingilaridan yomon boʻlsa, yashab turgan uyimni oʻrtaga tikishga tayyorman!", deb yozadi Davron Kabulov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Jahon chempionati saralash bahslari doirasida Suriyadan magʻlubiyatga uchragach, oʻzbekistonlik futbol ishqibozlari terma jamoa murabbiyiga nisbatan keskin eʼtirozlar bildirdilar.

Asosiy mavzular