Qirol kubogi bahslarida o‘zbekistonlik barcha bokschilar g‘alabaga erishdi

© Yuri CORTEZ / AFPUzbekskiy bokser Xasanboy Dusmatov
Uzbekskiy bokser Xasanboy Dusmatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha bo‘lib o‘tgan janglarda jahonning eng kuchli bokschilari hisoblanuvchi o‘zbek bokschilari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmagan

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari Tailandda bo‘lib o‘tadigan Qirol kubogida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishgani haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston boks federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, bugun O‘zbekiston terma jamoasining barcha — yetti nafar bokschisi final yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan bellashuvlarda ringga chiqadi.

Kecha bo‘lib o‘tgan janglarda jahonning eng kuchli bokschilari hisoblanuvchi o‘zbek bokschilari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmagan.

Kechagi bellashuvlar natijalari:

Hasanboy Do‘stmatov — Palam Karlo (Filippin) 3:0

Jasur Latipov — Kritipak Duangnut (Tailand) 3:0

Shahobiddin Zoirov — Kao Shin Yen (Xitoy Taypeyi) 3:0

Murod Ahmadaliyev — Jeyms Paliste (Filippin) 3:0

Elnur Abduraimov — Zufar Saparboyev (Turkmaniston) 3:0

Shahram G‘iyosov — Manoj Kumar (Hindiston) 3:0

Isroil Madrimov — Kan Chia Vey (Xitoy Taypeyi) 3:0

Yangiliklar lentasi
0