03:18 17 Dekabr 2017
Efir
Bokser Shaxram Giyasov v polufinalnom boyu na OI v Rio

"Qirol Kubogi" finalida ikki oʻzbek bokschisi ishtirok etmadi

© NOK Uzbekistana
Sport
Havola olish
589 0 0

Murabbiylar bokschilarni kutilmagan jarohat orttirib olishdan saqlash uchun shunday qarorga kelishdi

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Tailandda boʻlib oʻtgan Qirol kubogi musobaqasida Hasanboy Doʻsmatov va Shahram Gʻiyosov murabbiylarning qaroriga koʻra final jangida ringga chiqmadi. Murabbiylar bokschilarni kutilmagan jarohat orttirib olishdan saqlash maqsadida shunday qarorga kelishdi.

Ular 30 aprel-7 may kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatida qatnashishadi. Bundan tashqari, har ikki bokschi WSB turnirida qatnashuvchi "Uzbek Tigers" jamoasi aʼzolaridir.

Elnur Abduraimov va Isroil Madrimov esa final jangida ishtirok etishdi.

Elnur tailandlik mezbon bokschi Vuttichay Masukka qarshi ringga koʻtarildi va imkoniyatni boy berib kumush medal bilan kifoyalandi.

Isroil Madrimov esa kubalik Osley Iglesias Estradani magʻlubiyatga uchratib oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Asosiy mavzular