Alisher Usmonov "Paxtakor" klubi aksioneriga aylandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMilliarder, biznesmen Alisher Usmonov
Milliarder, biznesmen Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy OAVlarda berilayotgan xabarga ko‘ra, bugun "Paxtakor" futbol klubida navbatdan tashqari uchrashuv bo‘lib o‘tgan

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Alisher Usmonov "Paxtakor" klubi aksioneriga aylandi, deb xabar bermoqda "uz24" nashri.

Nashr xabariga ko‘ra, bugun "Paxtakor" klubi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berib, Alisher Usmonov klubning yangi aksioneri deb e’lon qilingan.

Maxmudov Iskandar Qahramonovich - Sputnik O‘zbekiston
Xorijdagi o‘zbek milliarderlari O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shishni boshlashdi
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval "Arsenal" (London)klubining egalaridan biri (Arsenal Holdings ning 23 % aksiyasiga ega) bo‘lgan Alisher Usmonov ni "Navbahor" klubiga e’tibor qaratishi va har tomonlama ko‘mak berishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Nashr xabariga ko‘ra, shuningdek MOQ vitse-prezidenti, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Axmatjanov Umid Maxamatjanovich "Paxtakor" klubining bosh direktori etib tayinlangan. Klub bosh direktori lavozimida bugunga qadar Rustam Ko‘paysinov ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada klub bosh murabbiy etib Ravshan Haydarov tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0