Bugun Uzbek tigers bokschilari Rossiyada ringga chiqishadi

© Federatsiya boksa UzbekistanaPress konferensiya pered poyedinkom
Press konferensiya pered poyedinkom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Patriot boxing team va Uzbek tigers uchrashuvida har ikki jamoa ham yosh bokschilarni sinovdan o‘tkazishga qaror qildi

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Bugun Rossiyaning Perm shahrida Xalqaro bokschilar uyushmasi — AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) — Butunjahon boks seriyalari VII mavsumi doirasida o‘zbek bokschilari rossiyalik bokchilarga qarshi ringga chiqishadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berilmoqda.

Bokser Shaxram Giyasov v polufinalnom boyu na OI v Rio - Sputnik O‘zbekiston
"Qirol Kubogi" finalida ikki o‘zbek bokschisi ishtirok etmadi

Xabarda aytilishicha, Patriot boxing team va Uzbek tigers uchrashuvida har ikki jamoa ham yosh bokschilarni sinovdan o‘tkazishga qaror qildi.

Bugungi janglarda quyidagi bokschilar kuch sinashadilar:

52 kg: Abror Qodirov — Vacheslav Tashkarakov

60 kg: Ulug‘bek Do‘smurodov — Konstantin Bogomazov

69 kg: Odiljon Aslonov — Artom Zaysev

81 kg: Madiyor Saidrahimov — Pavel Silyagin

+91 kg: Mirzobek Hasanov — Artom Suslenkov

Bu guruh bosqichidagi so‘nggi bahs hisoblanadi va o‘zbekistonlik bokschilar muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritganlar.

Yangiliklar lentasi
0