Ravshan Ermatov Rossiyada Konfederatsiyalar Kubogi o‘yinlarida hakamlik qiladi

© AP Photo / Felipe DanaReferi Ravshan Ermatov
Referi Ravshan Ermatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha olti konfederatsiyalar hakamlari, Jahon chempionati-2018da ishlaydigan nomzodlar orasidan FIFA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan tanlab olindi

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Rossiyada Konfederatsiyalar Kubogi — 2017 o‘yinlarida hakamlik qiladigan 36 nafar hakamlar ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar berdi Halqaro futbol federatsiyasi(FIFA) matbuot-xizmati.

Hakamlar, barcha 6 ta konfederatsiyalar bo‘yicha FIFA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan tanlab olindi. Ravshan Ermatov musobaqa bosh hakamining video-yordamchisi sifatida ishlaydi.

Ravshan Ermatov "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi
Eslatib o‘tamiz, musobaqada hakamlarga video-yordam tizimi (VAR) qo‘llaniladi. Yordamchilar, operatorlar xonasida joylashgan barcha video kameralarni kuzatadi va bosh hakamga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni uzatib turadi. Bu o‘z navbatida hal qiluvchi vaziyatlarda hakamlik xatolarini to‘g‘rilashga yordam beradi. Hususan, darvozalar oldidagi vaziyatlar, futbolchilarni o‘yindan chetlashtirish, penalti tayinlash yoki o‘yinchini aniqlashda foydalaniladi. Ammo, yakuniy qaror qabul qilish bosh hakam zimmasida qoladi.

Bundan tashqari, Ravshan Ermatov 35 nafar hakamlar ro‘yxatiga Konferatsiya Kubogi Osiyo konfederatsiyasidan (AFC) bilan birga, Faxad Al-Mirdasi (Saudiya Arabiston), Alireza Fagani (Eron), Abdulla Alshalvai i Muxammed Al Abakri (Saudiya Arabiston), Reza Soxandan i Muxammadreza Mansuri (Eron) kiritilgan.

Yaqin vaqtda barcha hakamlar FIFA hakamlik departamenti tomonidan tuzilgan tezkor dasturini bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tishadi. Konfederatsiya Kubogi — 2017 musobaqasi joriy yil 17-iyunidan 2-iyuliga qadar o‘tkaziladi. Musobaqa o‘yinlari Moskva, Sankt-peterburg, Qozon, Sochida o‘tkaziladi. Musabaqada Rossiya, Germaniya, Avstraliya, Chili, Meksika, Yangi Zelandiya, Portugaliya va Komerun jamoalari ishtirok etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0