"Bunyodkor" futbol klubi rahbariyati o‘zgardi

Obuna bo‘lish
Endilikda klub prezidentligini "O‘ztransgaz" AK Boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Murodillayevich Ashurov bajaradi

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi, deb xabar qilindi klub rasmiy saytida.

«Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushan - Sputnik O‘zbekiston
“Bunyodkor” murabbiyi iste’foga chiqdi
Klubning yangi prezidenti etib O‘ztransgaz AK Boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Murodillayevich Ashurov tanishtirildi.

Shuningdek, "Bunyodkor" FK bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan Baxtiyor Meliyevich Boboyev o‘z xohishiga ko‘ra, lavozimidan ozod etildi. Klubga yangi bosh direktor etib Murod Boqiyevich Aliyev tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonovning buyrug‘iga asosan O‘zbekiston terma jamoalar markazining faoliyati tugatilgani haqida xabar berilgan edi.

Bu kabi o‘zgarishlar sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0