Bokuda Islom hamjihatlik o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Unda O‘zbekistondan 165 nafar sportchi ishtirok etadi. O‘zbekistonlik sportchilar ushbu o‘yinlarda sportning 15 turida o‘z omadlarini sinab ko‘radilar

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Bugun Bokuda 54 mamlakatdan 3 mingdan ortiq sportchi ishtirok etuvchi to‘rtinchi Islom hamjihatlik o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Navbatdagi o‘yinlarni Ozarbayjon poytaxtida o‘tkazish haqidagi qaror 2013-yil iyulida Islom hamjihatlik sport federatsiyasining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan hisobot-tanlov bosh assambleyasida qabul qilingan. O‘yinlarning yopilish marosimi 22-may kuni o‘tkaziladi.

Ilgariroq O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi raisi, Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva unda 57 mamlakatdan 3 mingdan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilayotgani haqida ma’lum qilgandi.

"Bu Islom hamjihatlik o‘yinlari uchun rekord. Atletlar 10 kun davomida sportning 23 turi bo‘yicha 16ta sport maydonida bellashadilar. 1,6 ming dona medallar topshirilishi kutilmoqda", — dedi u.

O‘yinlar 50ta mamlakatga translyatsiya qilinadi, musobaqalarni bir milliarddan ortiq teletomoshabin tomosha qiladi.

Sportsmeni olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik sportchilar ilk marta Islom hamjihatlik o‘yinlarida ishtirok etishadi

Chorshanba kuni Katarning "Al-Kass" sport telekanali Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Quvayt, Liviya va Sudan o‘z jamoalarini yubormaslikka qaror qilishganini ma’lum qildi. Telekanal  bunday qarorga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritmagan.

Xavfsizlik

O‘yinlar vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun Ozarbayjon IIV shaxsiy tarkibining 12 ming xodimi jalb etilgan, deb ma’lum qildi respublika ichki ishlar vaziri Ramil Usubov.

"O‘yinlar vaqtida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2017-yil yanvarda 30ta obyektni qamrab oluvchi operativ shtab hamda 15ta yordamchi shtab tuzilgan. Umuman olganda, ichki ishlar organlaridan ushbu muhim xalqaro tadbirga jalb etilgan shaxsiy tarkib soni 12 ming kishini tashkil etadi. Ulardan 252 nafari ayollardir", — dedi Usubov.

Ozarbayjon davlat maxsus qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Vagif Axundovning aytishicha, xavfsizlikni ta’minlash uchun "Boku olimpiya stadionida o‘yinlarning ochilish va yopilish marosimlari chog‘ida vertolotlar" faoliyat ko‘rsatadi..

Usubov respublikadagi barcha diplomatik vakolatxonalarni kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlashga buyruq berdi, IIVning barcha organlari 5-25 may kunlari kuchaytirilgan tartibda ishlaydi, jamoat joylari va ko‘chalarda post-patrul bo‘limlari soni oshiriladi. Barcha strategik obyektlarning qo‘riqlanishi kuchaytiriladi.

Hammasi mehmonlar uchun

O‘yinlar o‘tkaziladigan kunlar davomida turistlar uchun ekskursiyalar tashkil etiladi, muzey va galereyalarning ish vaqti uzaytiriladi, poytaxt teatrlaridagi spektakllar matnini rus va ingliz tillarida tinglash mumkin bo‘ladi, dedi Ozarbayjon madaniyat va turizm vaziri Abulfas Garayev.

O‘zbekiston ozarbayjonlik bolalar nigohida - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ozarbayjonlik bolalar nigohida

"Teatr sahnalarida ozarbayjonlik yosh mualliflar va mumtoz adabiyot vakillari qalamiga mansub asarlar asosida sahnalashtirilgan spektakllar namoyish etiladi. Prezidentning topshirig‘iga binoan barcha teatrlarda sinxron tarjima yo‘lga qo‘yiladi. Teatrlarda spektakllar matnini rus va ingliz tillarida tinglash mumkin bo‘ladi", — dedi Garayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘yinlar o‘tkaziladigan kunlarda turistlar uchun Boku va viloyatlardagi madaniy-tarixiy maskanlar, turli muzeylar bo‘ylab ekskursiyalar uyushtiriladi.

"O‘yinlar vaqtida mamlakatimizga tashrif buyurgan turistlarga davomli xizmat ko‘rsatish maqsadida muzey va galereyalarning ish vaqti vaqtinchalik uzaytiriladiyu O‘yinlar kunlari poytaxtimiz mehmonlari uchun "shahar turi" yo‘nalishi bo‘yicha turistik avtobuslar xizmat ko‘rsatadi. Turistlarga  kerakli yordam ko‘rsatish uchun ko‘ngillilar ishtirokida "Ask me — mendan so‘rang" loyihasi faoliyat ko‘rsatadi. Yosh yigit va qizlar gavjum joylarda ishlashadi", — dedi vazir.

Yoshlar va sport vaziri Azad Ragimov Islom hamjihatlik o‘yinlari musobaqalari uchun savdoga 500 mingdan ortiq bilet chiqarilishini aytdi. "Bevosita efirda ochilish va yopilish marosimlarini hamda futbol uchrashuvlarini translyatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Boshqa musobaqalar sport bulleteni tarzida ko‘rsatiladi. O‘yinlar Olimpiya kanali orqali ham translyatsiya qilinadi", — dedi u.

Vazir O‘yinlarning ochilish va yopilish marosimlariga 31 mamlakatdan besh mingdan ortiq xodim jalb qilinishini bildirdi.

"Marosimlarda sakkiz mamlakatda ishlab chiqarilgan sahna qurilmalaridan foydalaniladi. Marosimlar Boku olimpiya stadionida o‘tkaziladi. Marosimlarda ishtirok etish uchun to‘qqiz ming nafar ozarbayjonlik yoshlar murojaat qildi, ulardan to‘rt ming nafari tanlab olindi", — dedi vazir.

Aliyev mukofot va’da qilmoqda

Payshanba kuni ma’lum bo‘lishicha, hamjihatlik o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan ozarbayjonlik sportchilar 100 ming manatdan (deyarli 59 ming dollar), ularning murabbiylari esa ushbu pulning yarmini olishadi.

Rioda oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan o‘zbek sportchilari - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiada qahramonlari: O‘zbekiston faxrlanadigan sportchilar

"Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda o‘tkaziladigan IV Islom hamjihatlik o‘yinlarida yuqori natijaga erishgan ozarbayjonlik sportchi va murabbiylarni taqdirlash haqidagi farmonga imzo chekdi", — xabar berdi Aliyevning matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni olganhar bir sportchiga 100 ming manat, uning murabbiyiga 50 ming manat (29 ming dollar), ikkinchi o‘rinni egallagan har bir sportchiga  50 ming manat, uning murabbiyiga 25 ming manat (14,6 ming dollar), uchinchi o‘rinni olgan har bir sportchiga 30 ming manat (17,6 ming dollar), uning murabbiyiga 15 ming manat (8,8 ming dollar) beriladi.

O‘zbekistonlik sportchilar ham o‘yinlarda ishtirok etishadi

Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamjihatlik o‘yinlarida O‘zbekistondan 165 nafar sportchi ishtirok etadi. O‘zbekistonlik sportchilar ushbu o‘yinlarda sportning 15 turida o‘z omadlarini sinab ko‘radilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0