15:20 15 Dekabr 2017
Efir
Gimnastikachi Oksana Chusovitina

Oksana Chusovitina Islom birdamlik oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi

© Flogymnastics / Antoine Saito
Sport
Havola olish
30412

Oʻzbekistonlik gimnastchilarimiz Oksana Chusovitina, Anastasiya Serdyukova, Sabina Toshkenboyeva va Nurinisso Usmonovalarni Baku shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom birdamlik oʻyinlaridagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklayman, deb xabar qoldirdi oʻzining Feysbukdagi sahifasida Lola Karimova-Tillayeva

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina tayanib sakrash musobaqalarida Ozarbayjon, Indoneziya va Turkiyalik raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni koʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

"Oʻzbekistonlik gimnastchilarimiz Oksana Chusovitina, Anastasiya Serdyukova, Sabina Toshkenboyeva va Nurinisso Usmonovalarni Baku shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom birdamlik oʻyinlaridagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklayman", deb xabar qoldirdi oʻzining Feysbukdagi sahifasida Lola Karimova-Tillayeva.

Badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbekistonlik sportchi Anastasiya Serdyukova final bahslarining bulava bilan bajariladigan musobaqalarida oltin medalni, xalqa va koptok bilan bajariladigan musobaqalarda esa kumush medalni egalladi.

Sabina Toshkenboyeva ham Oʻzbekiston sharafini himoya qilib, bulava va lenta bilan bajariladigan mashqlarning final bahslarida ikkita bronza medaliga sazovor boʻldi.

Oʻzbek gimnastchilari jamoaviy bahslarda ham yuqori koʻrsatkichlarga erishib, kumush medalini qoʻlga kiritdilar.

Eslatib oʻtamiz, Islom birdamlik oʻyinlari olimpiada oʻyinlari kabi 4 yilda bir marotaba boʻlib oʻtadi va u Islom mamlakatlari olimpiadasi deb ham ataladi.

Ilk oʻyinlar 2005 yili Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan. Eron esa 2009 yilda ikkinchi musobaqaga mezbon boʻldi. Indoneziyaning Pekanbaru shahri 2013 yilgi turnirni qabul qilgan.

Islom birdamlik oʻyinlari sportning 21ta turini oʻz ichiga oladi. Bular yengil atletika, suvga sakrash, suzish, suv polosi, basketbol 3x3, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, ushu, stol tennisi, gandbol, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, oʻq otish, tennis, voleybol, boks, zorxana, karate, taekvondo va ogʻir atletika.

Sal oldinroq oʻzbekistonlik sportchilar Islom birdamlik oʻyinlarini gʻalaba bilan boshlashgani haqida xabar qilgan edik.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular