12:07 22 Avgust 2017
Efir
Tseremoniya otkrыtiya Islamskix igr solidarnosti v Baku

Oʻzbekiston terma jamoasi "Islom birdamlik oʻyinlari"da 4-oʻrinda bormoqda

© Sputnik Azerbaydjan
Sport
Havola olish
40322

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 34 taga yetdi. Ularning 7 tasi oltin, 9 tasi kumush, 18 tasi bronza medallaridir

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Bokuda boʻlib oʻtayotgan IV "Islom birdamlik oʻyinlari"ning beshinchi kun yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 34 taga yetdi. Bu haqda Oʻzbekiston Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ularning 7 tasi oltin, 9 tasi kumush, 18 tasi bronza medallaridir.

Oʻzbekiston delegatsiyasi 54 mamlakat vakillari orasida hozircha Turkiya, Ozarbayjon va Erondan soʻng 4-oʻrinda bormoqda.

Musobaqaning soʻnggi ikki kunida sportchilarimiz sermahsul ishtiroklarini davom ettirishdi va 2 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Sport gimnastikasi boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor boʻldi. Bu Oʻzbekiston delegatsiyasining musobaqadagi oltinchi oltini boʻldi.

Taekvondo bellashuvlarida Niyoz Poʻlatov oltin medalga erishdi.

Tennischilarimiz jamoaviy bahslar yakuniga koʻra kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

100 metrga yugurish bahslarida Nigina Sharipova marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi va navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.

Ogʻir atletikachilarimiz ikki kun ichida uchta kumush, uchta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Dzyudo boʻyicha jamoaviy bahslar yakuniga koʻra erkaklar va ayollar terma jamoalari bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Bokschilarimizning 5 nafari yarim finalga yoʻllanma olishdi. Demak, ular kamida bronza medallarini naqd qilib ulgurishdi.

Shuningdek, ogʻir atletika boʻyicha Rustam Jangabayev va Ivan Yefremovlar chiqish qilishadi. Taekvondo bahslarida esa Dmitriy Shokin, Maksim Rafalovich,

Nigora Tursunqulova va Svetlana Osipovalar ishtiroklarini boshlashadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2050
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    341
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    263