15:20 15 Dekabr 2017
Efir
Ilyas Axmedov, uchastnik programmы Futbol dlya drujbы (Football for Friendship)

"Lokomotiv"ning yosh darvozaboni Rossiyadagi loyihada ishtirok etadi

© Federatsiya futbola Uzbekistana
Sport
Havola olish
25533

12 yoshli Ilyos Ahmedov Serbiya, Norvegiya, Ruminiya, Vyetnam, Yaponiya, Finlyandiya va AQShlik bolalar bilan bir jamoada maydonga tushadi

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubi tarbiyalanuvchisi 12 yoshli Ilyos Ahmedov 26 iyun-3 iyul kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil qilinadigan "Futbol doʻstlik uchun" loyihasining beshinchi mavsumida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi.

"Futbol doʻstlik uchun" (Football for Friendship) — "Gazprom" kompaniyasi amalga oshiradigan xalqaro bolalar ijtimoiy loyihasidir. Ushbu dastur doirasida jahonning turli mamlakatlaridan 12-14 yoshli bolalar xalqaro bolalar forumi va futbol turnirida qatnashishadi.

Bu yilgi mavsum boshqacha shaklda oʻtkaziladi: har bir mamlakatdan bittadan yosh futbolchi tanlab olingan. Bolalar sakkizta baynalmilal terma jamoalarga birlashishadi.

Qurʼa natijasiga koʻra, Oʻzbekiston sharafini "Yashil doʻstlik" jamoasida darvozabon himoya qiladi. U bilan birga Serbiya, Norvegiya, Ruminiya, Vyetnam, Yaponiya, Finlyandiya va AQShlik bolalar bir jamoani tashkil etishadi.

Musobaqa qoidalariga koʻra, futbolchi 10-12 yoshda boʻlishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega boʻlib, ingliz tilini bilishi kerak. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida oʻtkazgan tanlovda "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi Ilyos Ahmedov gʻolib boʻldi.

Shuningdek, musobaqada har bir mamlakatdan bir yosh va tajribaga ega boʻlgan jurnalist qatnashadi. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, Mirobod tumanidagi 110-maktabning 5-sinf oʻquvchisi Amir Sharipov yosh jurnalist sifatida, UzReport TV telekanalining informatsion dasturlari muxbiri Orif Tolipov tajribaga ega boʻlgan jurnalist sifatida mazkur loyihada ishtirok etish huquqiga ega boʻldi. Bundan tashqari, taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziyev ham "Futbol doʻstlik uchun" loyihasida Oʻzbekistonning eng nomdor vakillaridan biri sifatida ishtirok etadi.

Ilyas Axmedov, uchastnik programmы Futbol dlya drujbы (Football for Friendship)
Yosh futbolchi Ilyos Ahmedov va telejurnalist Davron Fayziyev

Oʻzbekiston delegatsiyasiga OʻFF texnik direktori Shavkat Imomov rahbarlik qiladi.

"Futbol doʻstlik uchun" loyihasi FIFA qoʻllab-quvvatlovi ostida oʻtkaziladi. Mashhur nemis futbolchisi Frants Bekkenbauer ushbu loyihaning elchisi hisoblanadi.

2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, yaʼni ikki barobar koʻpaydi. Unda ilk marta Meksika va AQShlik bolalar ham qatnashishmoqda. Shu tarzda loyiha toʻrt qitʼa — Afrika, Yevrosiyo, Shimoliy va Janubiy amerikalik yosh futbolchilarni birlashtirdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular