Dunyoning 40 mamlakatidan kelgan 150 polvon Termizda kuch sinashadi

© Sputnik / StringerKurash — traditsionnie vidi borbi u turkskix narodov
Kurash — traditsionnie vidi borbi u turkskix narodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
26-29 may kunlari Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 18-may – Sputnik. Kelasi haftaning  oxirida Termizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun, Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Turnirda 73 kg, 90kg va mutlaq vazn toifalarida bo‘lib o‘tadi. Turnirning mukofot jamg‘armasi 56 ming AQSh dollari. Mutlaq vaznda g‘olib bo‘lgan polvon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini — 25 000 AQSh dollari sohibiga aylanadi.

Mutloq vaznda 2– o‘rin sohibi 10 000 AQSh dollari, 3 o‘rin egalari (2 kishi) 5000 AQSh dollari bilan taqdirlanadi. 73kg, 90kg g‘olib va sovrindorlariga ham yirik pul mukofotlari ta’sis etilgan.

Turnirda 40 ta davlatdan 150 nafarga yaqin sportchilar va nufuzli mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur nufuzli turnir 1993-yildan beri muntazzam har ikki yilda bir o‘tkazilib kelinadi. O‘tgan davr mobaynida dunyoning 100 ga yaqin  davlatidan 700 nafardan ziyod polvonlari Termiz gilamlarida kuch sinashdi.

IKA matbuot xizmati xabariga asosan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0