11:48 25 May 2017
Efir
Finalы greko-rimskoy borbы v vesovыx kategoriyax 59, 71, 80, 98 kilogramm IV Igr Islamskoy solidarnosti

Oʻzbekiston "Islom birdamlik oʻyinlari"da nega toʻrtinchi oʻrinda bormoqda

© Sputnik / Murad Orujov
Sport
Havola olish
381 0 0

Oʻzbekiston delegatsiyasining musobaqada ishtirok etishi Boku-2017 boshlanishiga roppa-rosa bir oy qolganida maʼlum boʻldi. Shu boisdan delegatsiya uchinchi tarkib bilan turnirga tashrif buyurdi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Rio Olimpiadasidan keyingi bu yirik musobaqada toʻrtinchi oʻrinda ketayotganimizga, koʻpchilikda savol uygʻonayotgan boʻlsa ajab emas. Olimpiadada bu jamoalar ichida biz birinchi oʻrinda edik, nima uchun hozir toʻrtinchi, deb yozadi "olamsport.com".

Boshqa ishtirokchi mamlakatlardan farqli ravishda, Oʻzbekiston delegatsiyasining musobaqada ishtirok etishi Boku-2017 boshlanishiga roppa-rosa bir oy qolganida maʼlum boʻldi. Futboldan farqli oʻlaroq, sportimizning aksar federatsiyalarining 2 yillik rejasi avvaldan maʼlum boʻladi. Kim, qaysi musobaqaga borishidan tortib, qayerda, qanday yigʻinlar oʻtkazilishigacha.

Shu boisdan Oʻzbekiston delegatsiyasi uchinchi tarkib bilan turnirga tashrif buyurdi. Faqat taekvando, karate hamda kurashda asosiy tarkimibizni koʻrishimiz mumkin edi. Kurashchilarimiz esa 2 kun avval Hindistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatidan tashrif buyurishdi.

Turkiya, Ozarbayjon va Eron delegatsiyalari esa asosiy tarkibda musobaqada ishtirok etyaptilar. Turkiya sharafini 336, mezbonlar sharafini 325 nafar sportchi himoya qilayapti. Erondan esa 158 nafar sportchi musobaqaga tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasida 102 nafar sportchi. Yana bir maʼlumot, Eron bilan tengma-teng ketayotgan bir paytimizda, musobaqada Eronning milliy sport turi zorxana ham qoʻshildi. Milliy sport turini rivojlantirishga bel bogʻlagan eronliklar raqiblariga oʻzlari pul toʻlab musobaqaga taklif qildilar. U yerdan 5-6ta oltin medalni oʻz hisoblariga yozib qoʻyishlarini bashorat qilish qiyin emas.

Agar musobaqada ishtirok etishimiz yil boshida maʼlum boʻlganida, delegatsiyamiz soni bundan bir necha kishiga koʻp boʻlardi. Hech boʻlmasa asosiy tarkibda musobaqada qatnashar edik.

19 may holatiga koʻra sportchilarimiz tomonidan qoʻlga kiritilgan oltin medallar soni 14taga yetdi.Shuningdek, hisobimizda 14 ta kumush, 26 ta bronza, jami 54 ta medal bor. Bu bilan medallar jamgʻarish boʻyicha umumjamoa hisobida 4-oʻrinni egallab turibmiz.

Bizdan oldingi oʻrinda borayotgan Eron terma jamoasida 16 ta oltin medal bor.

Ozarbayjon terma jamoasi ikkinchi oʻrinda boryapti. Mezbonlar hisobida 59 ta oltin medal bor. Kumush medallar soni 33, bronza esa 24 tani tashkil qilmoqda.

60 ta oltin, 52 ta kumush, 43 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan Turkiya terma jamoasi hamon 1-oʻrinni band etgan.

Asosiy mavzular