02:05 29 Iyun 2017
Efir
Boks: Uzbek tigers vs China dragons

Ertaga "Oʻzbek yoʻlbarslari" Kubada hal qiluvchi jangga chiqishadi

© WSB
Sport
Havola olish
33210

Agar 5 ta jang yakuniga koʻra kubaliklar foydasiga 3:2 hisobi qayd etilsa, qoʻshimcha jang oʻtkaziladi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Ertaga Toshkent vaqti bilan soat 05:30 da "Uzbek Tigers" bokschilari Kubaning "Cuba Domadores" jamoasi bokschilariga qarshi jang qiladilar. Bu haqda "Olamsport" xabar bermoqda.

Ushbu toʻqnashuv oldidan ikkala jamoa bokschilari va murabbiylari oʻrtasida vazn oʻlchash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ertaga 52 kg vazn toifasida Jasurbek Latipov Yosbani Veytiaga qarshi jang qilsa, 60 kg vazn toifasidagi bokschimiz Elnur Abduraimov Alvares Estradani magʻlub etishi lozim boʻladi.

Shahram Gʻiyosov (69 kg) Rio Olimpiadasida London Olimpiadasi chempioni Roniyel Iglesiasni magʻlubiyatga uchratgandi. U ertaga ham shu ishni takrorlashi kerak!
Bektemir Meliqoʻziyev (81 kg) ham Rio Olimpiadasi oltin medali sohibiga qarshi jang qiladi.

+91 kg vazndagi Bahodir Jalolov esa Larduet Gomesga qarshi jangga chiqadi.

Uzbek Tigers i  Cuba Domadores
"Uzbek Tigers" va "Cuba Domadores" bokschilari

Agar 5 ta jang yakuniga koʻra kubaliklar foydasiga 3:2 hisobi qayd etilsa, Mirzobek Hasanov Yandri Toyrakka qarshi jang qilishi kerak. Lekin umid qilamizki, vakillarimiz ushbu jangga hojat qoldirishmaydi va toʻqnashuvni oʻz foydalariga hal qiladilar.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular