Vitaliy Denisov Rossiyadagi eng yaxshi 33 futbolchi ro‘yxatidan joy oldi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishIgrok "Lokomotiva" Vitaliy Denisov
Igrok Lokomotiva Vitaliy Denisov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya futbol ittifoqi Rossiya chempionati 2016/17 yilgi mavsumining eng yaxshi 33 futbolchisi nomini e’lon qildi

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" klubi a’zosi Vitaliy Denisov Rossiya futbol ittifoqi (RFI) tomonidan Rossiya futbol Premyer-ligasi (RFPL)ning 2016/17 yilgi mavsumida eng yaxshi chap qanot himoyachilari qatoridan joy oldi.

Vitaliy Denisov - Sputnik O‘zbekiston
Denisovning o‘zbek jurnalistlari haqidagi so‘zlari bahslarga sabab bo‘ldi

Rossiya futbol ittifoqi Rossiya chempionati 2016/17 yilgi mavsumining eng yaxshi 33 futbolchisi nomini e’lon qildi. Mazkur 33 talik ro‘yxatda har bir pozitsiyaga uch nafardan futbolchi tanlab olindi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov chap qanot himoyachisi pozitsiyasida "Spartak" vakili Dmitriy Kombarov hamda "Zenit" futbolchisi Dominiko Krishito bilan eng yaxshi himoyachilar qatorida e’tirof etildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0