San’atingga qoyil: serb futbolchisidan hayratlanarli simulyatsiya

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbolist na pole
Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea Vengriyaning "Videoton" va "Gonved" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda yuz bergan

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Serb futbolchisi Danko Lazovich futbol bahsi chog‘ida "hayratlanarli aktorlik mahorati"ni namoyish etdi, deb yozadi RIA Novosti Daily Mirrorga tayanib.

Voqea Vengriyaning "Videoton" va "Gonved" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda yuz bergan. Raqibi bilan to‘qnashib ketgan "Videoton" hujumchisi Lazovich maydonda namoyishkorona yiqilgan va bir necha marta artistlarcha dumalagan.

"Videoton" futbolchisi unga yordam bermoqchi bo‘lgan, Lazovich unga qarshilik qilgan. Oxir-oqibat voqeani kuzatib turgan "Videoton" murabbiyi futbolchini tinchlanishga chaqirgan.O‘yin 1-0 hisobida "Gonved"ning g‘alabasi bilan yakunlangan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0