O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida pastga tushdi

© Federatsiya Uzbekistana po futboluSbornaya Uzbekistana po futbolu gotovitsya k matcham s Tailandom i Iranom
Sbornaya Uzbekistana po futbolu gotovitsya k matcham s Tailandom i Iranom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yini va Eronga qarshi JCh–2018 saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik qilish uchun o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini boshladi

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) tashkilotga a’zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 2 pog‘ona yo‘qotib, 62-o‘rindan joy oldi.

Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi

FIFA reytingida Braziliya peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Ikkinchi o‘rinni Argentina egallab turgan bo‘lsa, uchinchi o‘rindan Germaniya joy olgan. Jadvalda 4-10-o‘rinlarni tegishli ravishda Chili, Kolumbiya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Shveysariya, Ispaniya va Polsha (ikkalasi 10-o‘rin) terma jamoalari egallagan.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan boshchiligida Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yini va Eronga qarshi saralash bosqichi uchrashuviga tayyorgarlik qilish uchun o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini boshladi.

Murabbiy bo‘lajak o‘yinlarda ishtirok etish uchun 28 futbolchini jalb qilgandi. O‘zbekiston Kubogi o‘yinlarida ishtirok etayotgan klublardan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar, shuningdek, bir necha nafar legioner mashg‘ulotlarga keyinroq qo‘shiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0