Gruziyalik afsonaviy futbolchi "Paxtakor"ga murabbiy bo‘ldi

© Sputnik / Mixail Kireyev / Mediabankka o‘tishFutbol. Liga Yevropi. Match "Zenit" - "Makkabi"
Futbol. Liga Yevropi. Match Zenit - Makkabi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Niderlandiya va Shotlandiya futbol klublarida chempion va kubok sohibi bo‘lgan Shota Arveladze AZ klubida Lui van Galga yordamchi bo‘lib ishlagan

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘tgan mavsumda Turkiyada faoliyat olib borgan gruziyalik murabbiy Shota Arveladze Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Turkiya OAVlariga tayanib UFF.UZ xabar bermoqda.

Stadion Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor"ga Bobur Shodiyev prezident etib tayinlandi

Xabarda aytilishicha, Arveladzening "Paxtakor" bilan shartnomasi ikki yilga mo‘ljallangan.

Niderlandiya va Shotlandiya futbol klublarida chempion va kubok sohibi bo‘lgan Shota Arveladze AZ klubida Lui van Galga yordamchi bo‘lib ishlagan. So‘ngra Turkiyada "Qayserispor", "Kasimpasha" va "Trabzonspor" jamoalarini, Isroilning "Makkabi" klubini boshqargan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0