06:36 20 Oktyabr 2017
Efir
Myach Krasava na razminke

Bugun Rossiyada Konfederatsiyalar kubogi boshlanadi

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Sport
Havola olish
34711

Konfederatsiyalar kubogi Jahon chempionatidan bir yil oldin mezbon mamlakatda boʻlib oʻtadi va mundialning oʻziga xos “mashqi” hisoblanadi. Unda barcha qitʼalarning chempionlari, Jahon chempionati gʻolibi va mezbon davlat ishtirok etadi.

TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Rossiyada FIFA tasarrufi ostida oʻtkaziladigan Konfederatsiyalar kubogi-2017 musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Konfederatsiyalar kubogi 2017 yilning 17 iyundan – 2 iyulga qadar Rossiyaning 4 shahrida: Qozon, Sochi, Sankt-Peterburg va Moskvada boʻlib oʻtadi. Musobaqalar ochilish marosimida Rossiya estradasining Alsu, Lazarev, DJ Smash kabi yulduzlari oʻz qoʻshiqlarini ijro etishadi. 

Musobaqaning ochilish oʻyini Rossiya va Yangi Zelandiya terma jamoalari orasida Sankt-Peterburgdagi "Stadion Sankt-Peterburg"da bugun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlanadi.

OAVlar xabariga koʻra, ushbu oʻyinga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham tashrif buyurishi kutilmoqda.

“Biz ushbu musobaqaga olti yil tayyorgarlik  koʻrdik. Toʻrtta stadion, 12 ta mashgʻulotlar bazasi, bitta arbitrlar bazasi qurildi. Musobaqaga tashrif buyurganlarni olib yurish uchun 262 ta bepul poyezdlar tashkil qilindi. Ushbu tadbirni tashkil qilish uchun 6 ming nafar koʻngillilar ishlamoqda. Musobaqa tufayli bizning mamlakatga minglab turistlar keladi”, — dedi “Rossiya-2018” JCH tashkiliy qoʻmitasi raisi Aleksey Sorokin.

Eslatib oʻtamiz, Konfederatsiyalar kubogi Jahon chempionatidan bir yil oldin mezbon mamlakatda boʻlib oʻtadi va mundialning oʻziga xos “mashqi” hisoblanadi. Unda barcha qitʼalarning chempionlari, Jahon chempionati gʻolibi va mezbon davlat ishtirok etadi.

Bu safargi Konfederatsiyalar kubogida Germaniya, Portugaliya va Chili kabi dunyoning yetakchi terma jamoalari qatnashadi.

Asosiy mavzular