17:33 18 Avgust 2017
Efir
Ravshan Ermatov

Bugun Ravshan Ermatov Avstraliya-Germaniya oʻyinida hakamlik qiladi

© Flickr/ Crazy_Ahlawi
Sport
Havola olish
77230

Rossiyada boʻlib oʻtayotgan turnirda Ravshan Ermatov Avstraliya - Germaniya uchrashuvida bosh hakamining video-yordamchisi sifatida ishlaydi

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. FIFA referisi, oʻzbekistonlik hakam Ravshan Ermatov JCH-2018 musobaqasidan avval oʻtkaziladigan Konfederatsiyalar Kubogi-2017 turnirida videotakrorlar boʻyicha referi assistenti vazifasini bajaradi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

OʻFF matbuot xizmati xabariga koʻra, Rossiyada boʻlib oʻtayotgan turnirda Ravshan Ermatov birinchi tayinlov olgan. U B guruhi, 1-turidan oʻrin olgan Avstraliya — Germaniya uchrashuvida ishlaydi.

Ushbu musobaqalarda hakamlarga video-yordam tizimi (VAR) qoʻllaniladi. Yordamchilar, operatorlar xonasida joylashgan barcha video kameralarni kuzatadi va bosh hakamga zarur boʻlgan maʼlumotlarni uzatib turadi. Bu oʻz navbatida hal qiluvchi vaziyatlarda hakamlik xatolarini toʻgʻrilashga yordam beradi.

Xususan, darvozalar oldidagi vaziyatlar, futbolchilarni oʻyindan chetlashtirish, penalti tayinlash yoki oʻyinchini aniqlashda foydalaniladi. Ammo, yakuniy qaror qabul qilish bosh hakam zimmasida qoladi.

Eslatib oʻtamiz, Avstraliya — Germaniya bellashuvi 19 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular