17:35 18 Avgust 2017
Efir
Kegli dlya boulinga

Bouling boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari oʻtkazildi

© Sputnik/ Vitaliy Ankov
Sport
Havola olish
7411

Sport boulingi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari oʻtkazildi

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Toshkentda 15-17 iyun kunlari davomida oʻn kegelli sport boulingi boʻyicha XV Oʻzbekiston kubogi bahslari boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar berdi.

Musobaqalarda 40 ga yaqin boulerlar ishtirok etishdi.

Musobaqada erkaklar oʻrtasida — Davron Tuychiyev, ayollar oʻrtasida Tatyana Lefter gʻalaba qozondi.

Tuychiyev finalda oʻtgan yil kubok sovrindori boʻlgan Ravshan Abdusamadovni magʻlubiyatga uchratdi. Shu tarzda, Abdusamadov ikkinchi oʻrin, Fazliddin Mirjalilov esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Ayollar oʻrtasida hal qiluvchi bellashuvda esa Lefter 2016 yil kubok sovrindori boʻlgan Sayyora Mahmudovani magʻlubiyatga uchratdi.

Musobaqada eng yaxshi koʻrsatchiklarga erishgan oʻyinchilar: Ravshan Abdusamadov – 279 ochko, ayollar oʻrtasida Tatyana Lefter – 230 ochko toʻpladilar.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular