O‘zbekiston jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmasa, bunga kim javobgar bo‘ladi?

© Press-klubGeneralniy sekretar Federatsii futbola Uzbekistana Sardor Raxmatullayev
Generalniy sekretar Federatsii futbola Uzbekistana Sardor Raxmatullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro press-klub yig‘ilishida O‘zbekiston futbol federatsiyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullayev sentabr oyida o‘zbek futboli rivojlantirishning yangi konsepsiyasi qabul qilinishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Bugun Xalqaro Press-klubda sport olami, sportni rivojlantirish, Olimpiya harakati va xususan futbol mavzusiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev ishtirok etib, o‘z fikrini bildirdi.

Shota Arveladze - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor"ga Shota Arveladze bosh murabbiy bo‘ladi

— Avvalam bor JCh-2018 yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan O‘zbekiston terma jamoasi haqida gapirmoqchiman. Ha, xatolar bor, ammo bizda mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati bor. Bugungi kunda mamlakat futbol federatsiyasi va murabbiylar shtabi ushbu vazifani bajarish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Murabbiylar shtabidagi yoki O‘FFdagi iste’folar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ijro qo‘mitasi buyurosi murabbiylar shtabiga ishini oxirigacha bajarishga imkon berdi. Sentabr oyida hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston futbol federatsiyasining yangi tarkibi tanlanadi. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish tizimining yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi va bu konferensiyada konsepsiya tasdiqlanadi. Yangi tuzilma, yangi boshqaruv tarkibi, PFLda o‘zgarishlar, bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish. Bu programma 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan. Bizda nafaqat kattalar terma jamoasi, balki yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi ham turli turnirlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda, — dedi Rahmatullayev.

O‘zbekiston terma jamoasi mavzusiga qaytadigan bo‘lsak, natija uchun faqatgina bosh murabbiy emas, balki O‘FF ham javob beradi.

Xalqaro Press-klubi raisi Sherzodxon Qudratxodjayev muxlis taqdim etgan sharni O‘FF bosh kotibi Sardor Rahmatullayevga topshirdi. Sharga "ishonch" so‘zi yozilgan edi.

"Tan olish kerak, O‘zbekiston milliy terma jamoasidan xatolar o‘tdi. Lekin bizda JCh yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. JCh-2018 yo‘llanmasiga ega bo‘lish uchun oldimizda 2ta o‘yin turibdi. Hozirda terma jamoalar murabbiylar shtabi va O‘FF rahbariyati muxlislar orzusini amalga oshirish uchun barcha ishni qilmoqda. O‘zbekiston futbol federatsiyasi ijroqo‘m burosi Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabiga qolgan 2ta o‘yinda imkoniyat berish haqida qaror qabul qildi. Ushbu bayonotni e’lon qildik.

Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi
Sentabr oyida O‘FFning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda Federatsiyaning yangi rahbariyati, yangi ish rejasi tasdiqlanadi. Yangi rahbariyat mamlakatda futbolni rivojlantirish uchun yangi uslubda ish olib boradi.Yana shuni alohida ta’kidlashim kerak, O‘FF rahbariyati terma jamoaning natijalari bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi", — dedi Rahmatullayev.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullayev sentabr oyida o‘zbek futboli rivojlantirishning yangi konsepsiyasi qabul qilinishini ma’lum qildi.

"Sentabr oyida federatsiyaning hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkaziladi. Unda Federatsiyaning yangi rahbarlar tarkibi tasdiqlanadi. Bundan tashqari, 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan o‘zbek futbolini rivojlantirish dasturi qabul qilinadi. Unda professional liga tizimini butkul o‘zgartirish, bolalar futbolini rivojlantirishning yangi tizimini yaratish ko‘zda tutilgan", — dedi Rahmatullayev.

U O‘zbekiston milliy terma jamoasining hozirgi o‘yini qoniqarsiz ekanligini tan oldi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0