Qarshida Yevropa klublaridagi kabi stadion foydalanishga topshirildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishFutbol maydoni
Futbol maydoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
21 ming tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu stadionda muxlislar uchun barcha sharoit yaratilgan. Maydonga zamonaviy muhandislik-komunikatsiya vositalari o‘rnatilib, "Kentucky bluegrass" navli sifatli chim yotqizilgan

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Qarshi shahridagi "Markaziy" stadion rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Uzbekiston sportchilari - Sputnik O‘zbekiston
Sport sohasida kelgusi besh yilda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
"Nasaf" futbol klubining uchrashuvlari o‘tkaziladigan ushbu stadionning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, futbol ixlosmandlari ishtirok etdi.

21 ming tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu stadionda muxlislar uchun barcha sharoit yaratilgan. Maydonga zamonaviy muhandislik-komunikatsiya vositalari o‘rnatilib, "Kentucky bluegrass" navli sifatli chim yotqizildi.

"Futbol stadioni juda zamonaviy va ko‘rkam qilib qayta qurilganidan muxlis sifatida g‘oyat xursand bo‘ldim, – deydi qarshilik Farhod Boymurodov. – Qarshida ham rivojlangan davlatlardagidan qolishmaydigan stadion barpo etilgani butun Qashqadaryo ahliga quvonch bag‘ishlash bilan birga, qalbimizni faxr-iftixorga to‘ldirdi. Yevropa klublari stadionini televizorda ko‘rib, havas qilar edik. Mana, endi bizning shahrimizda ham havas qilsa arzigulik stadion bor. Futbolchilarimiz endi shunga yarasha oliy liga uchrashuvlari va xalqaro miqyosda katta yutuqlarga erishib, muxlislarni xursand qiladi, deb ishonamiz".

Estrada xonandalari va yosh ijrochilar ishtirokida konsert namoyish etildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston kubogi chorak finalining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Nasaf" klubi "Qo‘qon – 1912" jamoasini yirik hisobda (4:1) mag‘lub etdi.

Yangiliklar lentasi
0