17:04 21 Sentyabr 2017
Efir
Futbolnыy myach

Oʻzbekistondagi xususiy futbol klubi yopilmoqda

fotolia
Sport
Havola olish
84910

Xususiy klub boʻlgan "Obod" 2013 yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻtgan yili oliy ligada debyut qilgandi

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. "Obod" futbol klubi rahbariyati klub yopilishini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda championat.asia.

Xabarda aytilishicha, kuni kecha klub rahbariyati futbolchilarni yigʻib majlis oʻtkazdi. Unda klub faoliyati tugatilayotgani eʼlon qilindi. Futbolchilar oʻzlariga yangi jamoa qidirishni boshlab yuborishdi.

Eslatib oʻtamiz, xususiy klub boʻlgan "Obod" 2013 yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻtgan yili oliy ligada debyut qilgandi.

Ayni paytda jamoa 15-turdan soʻng 9 ochko bilan musobaqa jadvalining eng soʻnggi, 16-pogʻonasida bormoqda.

Asosiy mavzular