17:05 21 Sentyabr 2017
Efir
Uzbekskiy bokser Kudratillo Abdukaxorov

Bokschi Qudratillo Abduqahhorov WBC silver chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi

© MMA Uzbekistan
Sport
Havola olish
64360

Kuni kecha Yekaterinburg shahrida oʻzbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov rossiyalik bokschi Dmitriy Mixaylenko bilan jang oʻtkazdi

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. WBC silver chempionlik kamari uchun oʻtkazilgan jangda Qudratillo Abduqahhorov gʻoliblikni qoʻlga kiritildi.

Kuni kecha Yekaterinburg shahrida oʻzbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov rossiyalik bokschi Dmitriy Mixaylenko bilan jang oʻtkazdi.

12 raund davom etgan jangda Abduqahhorov raqibidan ustunlik qildi va hakamlar bir ovozdan gʻalabani Oʻzbekiston bokschisiga berishdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Qayd qilish joizki, 23 yoshli Oʻzbekiston sportchisi Abduqahhorov hisobida 12 (shulardan 8 tasida nokaut bilan) gʻalaba qozongan, magʻlubiyatlar yoʻq.

Asosiy mavzular