09:38 21 Noyabr 2017
Efir
Koptok

Namangan shahar hokimi "Navbahor" prezidenti etib tayinlandi

© Sputnik/ Alexey Kudenko
Sport
Havola olish
190 0 0

Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozarov Namangan shahri hokimi Shavkat Abdurazakovni "Navbahor" klubining yangi prezidenti sifatida tanishtirdi

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Namanganning "Navbahor" klubiga yangi prezident tayinlandi, deb xabar qildi Namangan viloyati hokimligi klub matbuot xizmati xabariga tayangan holda.

"Viloyat hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozarov Namangan shahri hokimi Shavkat Abdurazakovni "Navbahor" klubining yangi prezidenti sifatida tanishtirdi. Viloyat hokimining oʻzi bir vaqtda viloyat futbol federatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi", — deyiladi xabarda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov jamoaning birinchi davradagi ishtiroki haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashar ekan futbolchilar avvalo chiroyli oʻyin koʻrsatishlari kerak, deb taʼkidlagan.

"Maydonda futbolchilar chiroyli va mazmunli oʻyin namoyish etishi lozim. Raqib darvozasiga bitta gol urib, yutuqni ushlab qolish maqsadida harakat qilishni notoʻgʻri deb bilaman. Chiroyli oʻyin orqali gʻalaba sari intilish oʻyingohni toʻldirib oʻtirgan muxlislarga quvonch baxsh etadi", — degan Bozarov.

Asosiy mavzular