"Rostov" rahbariyati: Shomurodov klubimizga o‘tganidan xursandmiz

© fc-rostov.ruPrezentatsiya Eldora Shomurodova v kachestve igroka "Rostova"
Prezentatsiya Eldora Shomurodova v kachestve igroka Rostova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bunyodkor" jamoasidan Rossiya klubiga o‘tgan O‘zbekiston termasi hujumchisi ishqibozlarga tanishtirildi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kseniya Nabatkina. "Rostov" futbol klubi tarkibga yangi qo‘shilgan Eldor Shomurodovning muvaffaqiyatli ishtirok etishiga umid qilmoqda, dedi klub ijrochi direktori Konstantin Dzuba Sputnik muxbiriga.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Rossiya jamoasiga Toshkentning "Bunyodkor" klubidan o‘tdi va ushbu klubning Rossiyada to‘p suradigan ilk vakili bo‘ldi.

"Biz bu futbolchining tarkibimizga qo‘shilganidan, ushbu transfer amalga oshganidan xursandmiz. Undan umidimiz juda katta. U istiqbolli futbolchi, u uzoq yillar davomida muxlislarimizga quvonch bag‘ishlaydi va ajoyib o‘yin namoyish etadi deb umid qilaman", — dedi Dzuba.

© fc-rostov.ru"Rostov"ning yangi futbolchilarini tanishtirish marosimi
Prezentatsiya  Eldora Shomurodova v kachestve igroka Rostova - Sputnik O‘zbekiston
"Rostov"ning yangi futbolchilarini tanishtirish marosimi

Uning aytishicha, Shomurodov muxlis va jurnalistlar taklif etilgan klubning yangi o‘yinchilarini tanishtirish marosimida ishtirok etgan.

Hujumchi "Bunyodkor" safida 83 o‘yinda maydonga tushgan va 22ta gol urgan, terma jamoa tarkibida esa 18 o‘yinda 6 to‘p kiritgan.

Yangiliklar lentasi
0