Gulruhbegim Tohirjonova xalqaro shaxmat musobaqasida 1-o‘rinni oldi

© uz.24Shaxmatistka Gulruxbegim Toxirjonova
Shaxmatistka Gulruxbegim Toxirjonova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n mamlakatdan kelgan 136 shaxmatchi 11 turdan iborat shveysarcha tizimda bahslashishdi

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova "Astana Open-2017" xalqaro blis-turnirida ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi 2017 Australian Open Championship g‘olibi bo‘ldi

Qozog‘istonning Ostona shahrida shaxmat bo‘yicha "Astana Open-2017" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘n mamlakatdan kelgan 136 shaxmatchi 11 turdan iborat shveysarcha tizimda bahslashishdi. Unda ayollar o‘rtasida birinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova qo‘lga kiritdi.

Blis turnirida shuningdek, xalqaro toifadagi usta Shamsiddin Vohidov ham ishtirok etdi. Toshkentlik shaxmatchi 6,5 ochko to‘pladi va reytingiga qo‘shimcha ball oldi.

Federatsiyaning bildirishicha, shaxmat turniri 29-iyulga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0