Tojikiston va O‘zbekiston professional bokschilari qachon kuch sinashishi ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Boks kechasi Dushanbedagi Tojikiston aloqa vazirligi sport majmuasida soat 19da boshlanadi

TOShKENT, 3-avgust — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston professional bokschilari ishtirokidagi boks-shousi 5-avgust kuni Dushanbedagi Tojikiston aloqa vazirligi sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

Bokserskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
"Misha, boks otmen, raqs tushamiz": Tojikistondagi boks shousi bekor qilindi

Boks shousi soat 19da boshlanadi.

Unda Sherali Mamadaliyev (Tojikiston) – Maqsud Jumayev (O‘zbekiston), Baxtiyor Mirzomuhammad (Tojikiston) – Alisher Habibullayev (O‘zbekiston) va Asror Vohidov (Tojikiston) – Humoyun Rustamov (O‘zbekiston) bir-birlariga qarshi ringga chiqishadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur shou 29iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan, biroq Dushanbe hokimiyati "Axorun" amfiteatrida boks shousi o‘tkazilishiga ruxsat bermagandi.

Hokimiyatning federatsiyaga yo‘llagan maktubida "Axorun" madaniy-dam olish muassasasi (amfiteatr) faqatgina madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, professional bokschilar ishtirokidagi tadbirni sport zalida o‘tkazish tavsiya qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0